Oʻzbekiston pochtasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston pochtasi
Sanoat pochta xizmati, davriy nashrlar tarqatish, pul toʻlovlarini qabul qilish, pensiyalar tarqatish
Ishga tushgan sanasi 1992-yil
Joylashuvi Toshkent, Oʻzbekiston
Xoʻjayinlar Rustam S. Qosimov, bosh direktor
Ishchilar soni 14,000
Vebsayti www.pochta.uz

"Oʻzbekiston pochtasi" OAJ - Oʻzbekistonda pochta xizmatini amalga oshiruvchi shirkat. Jamiyatning xizmat doirasiga Oʻzbekistonda milliy va xalqaro pochta joʻnatmalarni, davlat pensiyalarini yetkazish va davriy nashr mahsulotlarini tarqatish kiradi.

Tarixi[tahrir]

"Oʻzbekiston pochtasi" ochiq hissadorlik jamiyati 1992-yil konsern sifatida tashkil topdi. 1997-yilda konsern "Oʻzbekiston pochtasi" davlat aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Shu davrda jamiyat hissalari quyidagicha taqsimlandi:

Hissa egasi Ulush, %da
Davlat 75
Jamiyat ishchilari 10
Erkin sotuvda 15
Jami 100

2004-yilga kelib Oʻzbekistonda pochta xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida davlat aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiydarolik jamiyatiga aylantirildi. Hozirda davlat jamiyatning 51% hissasiga ega va 49% aksiya erkin sotuvda. 2006-yil maʼlumotiga binoan pochta 86 mamlakat bilan pochta almashinuvini amalga oshirdi. Shularning asosiy qismi Rossiya, Ukraina, AQSh, Olmoniya, Isroil, Qozogʻiston mamlakatlariga toʻgʻri keladi.

Xizmat koʻlami[tahrir]

"Oʻzbekiston pochtasi" butun Oʻzbekiston boʻylab 14 hududiy filialga va 189 ta tuman va shahar tarmogʻiga va 2979 xizmat boʻlimiga ega. Shuningdek, jamiyat "Xalqaro pochtamt", "Xalqaro tezkor pochta", "Oʻzbekiston markasi" ixtisoslashgan filialga va "Pul oʻtkazmalari nazorati markaziga" filialiga ega. Xizmat 10 ta havo, 1 ta temir yoʻl va 386 ta avtomobil yoʻllari orqali amalga oshiriladi. Kompaniyada 14 mingdan ziyod kishi mehnat qiladi. Pochta joʻnatmalari xizmatidan tashqari, kompaniya har xil davriy nashrlarni tarqatish, aholiga pensiya pullarini yetkazish, uy telefoni va boshqa kommunal xizmatlari uchun pul toʻlovlarini qabul qilish, tezkor pul oʻtkazmalari va internet xizmatlarini amalga oshiradi.

Sh. qarang[tahrir]

Havolalar[tahrir]