Tiyin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tiyin — tanga shaklidagi pul birligi. Qiymati sujning yuzdan bir ulushiga teng . 1994 y. 1 iyuldan milliy valyuta — sum muomalaga kiritilgan kundan boshlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 T.lik tangalar chiqarildi. Tangalar poʻlatdan tayyorlanib, qiymati 1, 3, 5 T. boʻlganlari jez bilan (sariqrangda) va qiymati 10, 20, 50 T. boʻlganlari esa, nikel bilan (oq rangda) qoplangan.

Barcha nominaldagi tangalarning yuzi (aversi) markazida tanganing qiymati va zarb qilingan yili rakamlar bilan koʻrsatilgan, uning tagida bir xil kattalikdagi bosma harflar bilan "TIYIN" soʻzi yozilib, tagiga chiziq tortilgan. Tangalarning orqa tomonida (reversida) Oʻzbekiston Respublikasi gerbi, gerb atrofida 12 ta yulduzcha va doyra boʻylab "Oʻzbekiston Respublikasi" yozuvi tushirilgan.