Oʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksi
Oʻzbekiston avtomobil raqamlari — Oʻzbekiston Respublikasida avtomobillar, avtobuslar, traktorlar, tirkama, oʻziyurarlar, pritseplarni qayd etish uchun joriy etilgan davlat belgilaridir. Davlat raqamlarini berish va nazorat qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi[1][2].
Mundarija
Tarixi[tahrir]
Oʻzbekistonda birinchi marta avomobil raqamlari 1920-yillarda chiqarilgan. 1938, 1944, 1977 yillarda yangi namunalar chiqarilgan[3]. 1989-yilda chiqarilgan avtomobil raqamlari esa 1998-yilgacha amal qilgan. 1998-yildan 2008-yilgacha yangicha davlat raqamlari joriy etildi va u 2013-yilgacha amal qildi. 2008-yil 1-oktyabrdan xalqaro talablarga javob beradigan yangi davlat raqamlari joriy qilindi[4][5].
Avtomototransport vositalari va tirkamalarga beriladigan raqamlar turlari[tahrir]
Raqamlar yuqori texnologoyalar asosida chiqarilgan boʻlib, yorugʻlik qaytaradigan qatlam va korroziyaga hamda qalbakilashtirishga qarshi xususiyatga ega. Davlat raqamlarida chiroyli kombinatsiyalar (001-009, 100, 111, 200, 222, 300, 333, 400, 444, 500, 555, 600, 666, 700, 777, 800, 888, 900, 999), ularga boʻlgan kuchli talab ortidan kelib chiqqan mojarolar tufayli taʻqiqlangan edi[6]. 2017-yilning 11-iyul kuni[7] Oʻzbekiston Prezidentining "Yol harakatiga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan chiroyli kombinatsiyalarni auksion orqali sotish tartibi belgilandi[8].
Tasviri | Tavsifi |
---|---|
![]() ![]() |
Tip I —
Yuridik shaxslarga beriladigan raqamlar. Tip IA — Tip I shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
![]() 200px |
Tip II —
Davlat hokimiyatining yuqori organlari xodimlariga beriladigan davlat raqamlari. Tip IIA — Tip II shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
![]() |
Tip III —
jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan raqamlar. |
![]() |
Tip IV —
chet davlatlar diplomatic vakolatxonalari, elchixonalar rahbarlarining transportlariga beriladigan davlat raqamlari. |
![]() |
Tip V —
xorijiy davlatlar elchixonalari, konsullik idoralari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari. |
![]() ![]() |
Tip VI —
BMT va uning tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari. Tip VIA — Tip VI shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
![]() ![]() |
Tip VII —
Chet davlatlar diplomatic vakolatxonalarining texnik-taʼminot xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari. Tip VIIA — Tip VII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
![]() ![]() |
Tip VIII —
Savdo vakolatxonalari, konsulliklar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari. Tip VIIIA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
![]() ![]() |
Tip IX —
Xalqaro nodavlat tashkilotlar, birlashmalar, banklar, firmalar, korrespondentlik ofislari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqqamlari. Tip IXA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
![]() ![]() |
Tip X —
Fuqaroligi chet davlatga tegishli boʻlgan shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari. Tip XA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
![]() |
Tip XI —
mototsikllar va motorollerlarga beriladigan davlat raqamlari. |
![]() |
Tip XII —
yuk mashinalari va avtomobillarining tirkamasiga beriladigan ikki qatorli davlat raqamlari. |
![]() ![]() |
Tip XIII —
yoʻl harakatida vaqtincha qatnashish uchun beriladigan davlat raqami. Tip XIIIA — Tip XIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
Harbiy qoʻshinlar boʻlinmalari transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari[tahrir]
Tasviri | Tavsifi |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tarkibidagi qoʻshin boʻlinmalariga beriladigan davlat raqamlari 1998-yilgi namuna boʻyicha (qora fon va oq yozuv) chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, 1998-2018 yillarda aynan shunday nmunadagi davlat raqamlaridan foydalandi. 2018-yildan boshlab, oq fondagi qora MV yozuvli yangicha davlat raqamlari joriy etildi[9] |
Hududlar boʻyicha raqamlarning kodlari[tahrir]
Hudud | 1989-1998 yillardagi | 1998-2008 yillardagi | 2008-yildan keyin |
---|---|---|---|
Toshkent | ТН | 10, 30 | 01-09 |
Toshkent viloyati | ТШ | 11 | 10-19 |
Sirdaryo viloyati | СИ | 12 | 20-24 |
Jizzax viloyati | ДД | 13 | 25-29 |
Samarqand viloyati | СН | 14 | 30-39 |
Fargʻona viloyati | ФЕ | 15 | 40-49 |
Namangan viloyati | НА | 16 | 50-59 |
Andijon viloyati | АН | 17 | 60-69 |
Qashqadaryo viloyati | КФ | 18 | 70-74 |
Surxondaryo viloyati | СД | 19 | 75-79 |
Buxoro viloyati | БХ | 20 | 80-84 |
Navoiy viloyati | НВ | 21 | 85-89 |
Xorazm viloyati | ХЗ | 22 | 90-94 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi[1] | КП | 23 | 95-99 |
- Yuridik shaxslarga tegishli ayrim avtomobil raqamlaridagi maxsus harflardan iborat kombinatsiyalarning farqlanishi
PAA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari; PSS — Oʻzbekiston Prezidentining xavfsizlik xizmati; PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari; UZB — davlat hokimiyatining markaziy idoralari rahbarlari; APC — vazirliklar va davlat qo'mitalari rahbariyati (vazirlarning o'rinbosarlari); USB, VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSV — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari; PSF — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari; TSS, TST — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari; ZDF — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari; DXA — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari; FVV - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari; TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG — taksilar; D — diplomatlar (yashil rangli); CMD — xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari (yashil rangli); T — texnik personal (yashil rangli); M — xorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar (yashil rangli); X — konsulliklar, savdo vakolatxonalari (yashil rangli); UN — BMT va tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi raqami (ko'k rangli); H - Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (sariq rangli).
Manbalar[tahrir]
- ↑ 1,0 1,1 Автомобильные Номера Узбекистана
- ↑ Постановление Кабинета Министров
- ↑ http://www.avtonomer.net/content/view/269/45/
- ↑ Автомобильные номера
- ↑ Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 27 июня 2007 г. № 131 «О мерах по внедрению новых образцов государственных регистрационных номеров для автомототранспортных средств»
- ↑ Красивые номера - понты или необходимость?
- ↑ https://daryo.uz/2017/07/12/ozbekistonda-chiroyli-avtomobil-raqamlari-auksion-orqali-sotiladi/
- ↑ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
- ↑ Мудофаа вазирлигига қарашли автотранспорт воситаларининг рақамлари ўзгаради
Havolalar[tahrir]
![]() |