Jismoniy shaxs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jismoniy shaxs (fuqarolik huquqida) — huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi boʻlgan alohida fuqaro (chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)ni ifodalovchi tushuncha. U jamoaviy tuzilma boʻlgan yuridik shaxstya farq qiladi: J. sh. bevosita oʻz nomidan ish yuritadi — faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma — tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi shart emas, J. sh.ning huquq va muomala layoqatining vujudga kelishi hamda barham topishi tartibi ham yuridik shaxslardan farqlanadi. J. sh. mulk huquqi asosida mol-mulkka ega boʻlishi, uni meros qilib olishi va vasiyat etib qoldirishi; bankda oʻz jamgʻarmalarini saqlashi; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xoʻjaligi b-n, qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishi; yollanma mehnatdan foydalanishi; yuridik shaxc tashkil etishi; shartnoma, bitimlar tuzishi va majburiyatlarini bajarishi; oʻziga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning qoplanishini talab qilishi; mashgʻulot turini va yashash joyini tanlashi; fan, adabiyot va sanʼat asarlari, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa intellektual faoliyat samaralarining muallifi huquqiga ega boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolar — J. sh.larning huquq va burchlariga oid qonun-qoidalar FK da belgilab berilgan (16—38-moddalar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil