Ilonoʻtti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

IlonoʻttiMolguzar va Nurota togʻlari orasidagi togʻ yoʻlagi, Sangzor daryosining tor vodiysi (Jizzax viloyatida). Uz. 16–18 km, eni 200–500 m, eng tor joyida oʻzanning kengligi 30 m. Mutlaq balandligi 450–550 m. Togʻ yon bagʻirlarining mutlaq balandligi 65–700 m. Ilonoʻttining kadimiy turkiy nomi Temir qapigʻ ("Temir darvoza") boʻlgan. Bundan tashqari "Jizzax yoʻli", "Sangzor vodiysi" kabi tarixiy nomlari ham bor.

Ilonoʻttida mahalliy togʻ — vodiy shamoli esib turadi. Shamolning oʻrtacha tezligi sekundiga 2,3—2,8 m, eng kuchli esganda 25–28 m ga yetadi. Ilonoʻttining ikki yon bagri tik koʻtarilgan. Quyi paleo-zoyning slanets, qumtosh, marmarlashgan ohaktosh, porfiritlari (Molguzar togʻlari yon bagʻri) bilan intruziv jinslargranit granodioritlardan (Quytosh togʻlari yon bagʻri) tuzilgan. Sangzor vodiysi oʻrta pleystotsenning boshlarida daryoning Molguzar togʻlarini yuvishi va uni kesib (yorib) utishi natijasida vujudga kelgan. Oʻsha davrda Mirzachoʻl xududining tektonik harakatlar tufayli bukilishi daryoning shu tomonga qarab oqishiga sabab boʻlgan.

Ilonoʻttidan Toshkent — Samarkand avtomobil yoʻli va temir yoʻl oʻtgan. Avtomobil yoʻlini qurish yon bagʻir hisobiga amalga oshirilganligi tufayli u ancha tik va keskin burilishlarga ega.

Tog yoʻlagi sohibqiron Amir Temur nomi bilan atalib, u yerda sayohatchilar va yoʻlovchilar dam olishi uchun mehmonxonalar, choyxonalar va boshqalar infratuzilmalarni qurish rejalashtirilgan (3-jild, 593-b.dagi suratga q.).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil