Bulduruqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Bulduruqlar
Double-banded Sandgrouse.JPG
Pterocles sp.jpg
Lichtenstein's sandgrouse cropped.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Bulduruqlar (Pteroclididae) — kaptarsimonlar turkumi oilasi. B. asl B. va suv bulduruqlari urugʻlariga boʻlinadi. Asl B.ning 14 turi, suv bulduruqlarining esa oq bovur (Pterocles alchata) vaqora bovur (P. orientalis) degan 2 turi bor.

B. Afrikaning shim. qismida, Ispaniya va Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda dasht va choʻllardagi suvga yaqin yerlarda yashaydi. Qishlash uchun sentabr va okt.da Pokiston, Eron, Afgʻoniston hamda Jan. Turkmanistonga uchib ketib, erta bahor (mart)da yana uchib keladi. Oq bovur tanasining uz. 35—37 sm, qora bovurniki 33—35 sm. Ikkala turning hayot kechirish tarzi oʻxshaydi. B. urchish davrida (mart) juft hosil qiladi. Koʻpincha 3 ta, baʼzan 2 ta tuxum qoʻyadi. Uyasi shuvoq kabi oʻsimliklar ostida soya joylarda yasalgan kichikroq chuqurchadan iborat. Tuxumini bir oycha bosadi. Tuxum bosish va joʻja boqishda nari ham qatnashadi. Olabula pati jujalarining dushmanlardan saqlanishiga yordam beradi. Joʻjalari iyunda uchirma boʻladi. Avg . oxirlarida B.ning uchib ketayotgan galalarini uchratish mumkin.

B. oʻsimliklarning donlari, bahorda esa kurtak va yosh novdalari bilan oziqlanadi. Kuniga ikki mahal (choshgoh va peshinda) gala boʻlib, suv ichishga boradi. Jigʻildonida suv olib kelib joʻjalariga ichiradi.

B. azaldan ovlanadi. Goʻshti mazali. Koʻplab ovlanishi natijasida juda kamayib ketgan. Oq bovur Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil