Oqtepasoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oqtepasoy — Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi soy. Nurota tizmasining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 60 km, havzasining maydoni 715 km². Yuqori oqimida Shagʻalsoy nomi bilan jan.-sharqqa, soʻngra jan.-gʻarbga oqadi. Oʻrta oqimida Pangatsoy bilan qoʻshilib Qoʻshrabotsoyni, Gʻujumsoy bilan qoʻshilib O.ni hosil qiladi. O. Ishtixon tumani hududida Oqsaryoga quyiladi. Vodiysida tor daralar, tik qoyali yon bagʻirlar, koʻhna qayirlar uchraydi. Vo-diysining kengligi bir necha yuz metrdan 2 km gacha.

Soy, asosan, mavsumiy qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,15 m³/sek., oqim moduli 1,6 l/sek, km². Yoz va kuzda suvi keskin kamayib ketadi. O.ning 60 dan ortiq (umumiy uz. 150 km) irmoqlari bor. Yiriklari: Pangatsoy, Qizilolmasoy, Shovvasoy, Gʻujumsoy va boshqa Soy vodiysida kamyob hayvonlar (arhar, kaklik, qobon va boshqalar) va oʻsimliklar uchraydi. Soydan Navoiy viloyatining Nurota, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanlari xoʻjaliklari sugʻoriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil