Niobiy rudalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Niobiy rudalari - tarkibidagi niobiy birikmalari va konsentratsiyasi miqdori sanoatda foydalanish uchun texnik imkoniyat yetarli va iqti-sodiy jixatdan samarali boʻlgan tabi-iy mineral hosilalar. Niobiy rudalari tarkibida muayyan miqdorda tantal boʻladi. Nio-biyning asosiy ruda minerallari: piroxlor, kolumbit, fergusonit, evksenit, loparit. Rudaning genetik ti-piga qarab, shuningdek, tarkibida ftor, sirkoniy, kamyober elementlari, uran, toriy, litiy va boshqa minerallar mavjud. Niobiy rudalari konlari paydo boʻlishiga qarab ishqoriy va subishqoriy jinslar bilan bogʻliq endogen va karbonatitlar hamda kolumbitli granitlardagi chiziqli va maydonli nurash poʻstiga mansub, shuningdek allyuvial, delyuvialallyuvial, koʻl va flyuvial-glyasial sochmali ekzogen konlarga boʻlinadi. Dunyo boʻyicha jami niobiy zaxiralarining 2/3 qismi piroxlorli karbonatit konlariga toʻgʻri keladi. Bulardan eig yiriklari Braziliya, Kanada va boshqa mamlakatlarda. Barcha konlardan ruda ochiq usulda kazib olinadi. Niobiy rudalari tarkibida Nb2O, miqsori oʻrtacha 0,2—0,6%; boy konlarda 1% va eng kup miqdori 4% ga yetadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil