Fergusonit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fergusonit — murakkab oksidlar (tantalniobatlar guruhi)ning kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi (TR) (Nb, Ta)O4. Aralashmalari U, Th va boshqa Rangi qora, yashilqoʻngʻir. Qattikligi 5—7, zichligi 4,2—6 g/sm3. Moʻrt, radioaktivli. F. pegmatit va greyzenlarda uchraydi. F.ning turi — rizerit (SiO2 6,0 — 7,8%). Gadolinit, ortit, monatsit va boshqalar bilan assotsiatsiyada uchraydi. F. — tantal, niobiy rudasi.