Kolumbit
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kolumbit — murakkab oksidlar (tantaloniobitlar guruhi) kichik sinfiga mansub mineral. (Fe, Mn) Nb2O6 (kolumbit) — (Fe, Mn) Ta2O6 (tantalit) izomorf aralashmalar hosil qiladi. RZE, U, Ti, W, Th va boshqa aralashmalari ham mavjud. Romb singoniyali. Yarim metallsimon yaltiroq.
Qora, qoʻngʻir-qora kristallardan iborat. Qattiqligi 6; zichligi 5,22 g/sm3. Niobiy olish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Sochilmalar va granitlarning nurash poʻstidan olinadi. Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Sharqiy Sibir va Qozogʻistonda K. konlari bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Kolumbit" OʻzME. K-harfi (Wayback Machine saytida 2022-04-19 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |