Tantal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tantal (yun. Tantalos) — yunon mifologiyasida Lidiya yoxud Frigiya podshosi; maʼbudlar tomonidan abadiy azobuqubatga mahkum etilgan ("tantal azoblari"); boʻynidan suvga botgan holda tepasidagi daraxtdan egilib turgan mevalarni koʻrib tursa ham T. na chanqoqlikdan va na ochlikdan xalos boʻla olgan, chunki suv uning lablari tagidan oʻtib ketgan, mevali shox esa unga tutqich bermagan.