Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Ishga tushgan sanasi 2-fevral 2019-yil
Joylashuvi Toshkent, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Asadjon Xodjayev
Direktorning birinchi oʻrinbosari Dilshod Saidjanov
Direktor oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov
Direktor oʻrinbosari Gʻayrat Bozorov
Vebsayti aoka.uz

Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA), toʻliq nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — Oʻzbekistonda axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vakolatli organ. AOKA Oʻzbekistonda davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa hamda boshqa tashkilotlar axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda matbuot kotiblarini attestatsiyadan oʻtkazadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AOKA prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 2-fevraldagi „Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi farmonga muvofiq Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi negizida tashkil etilgan. 2019-yil 4-fevraldan 2020-yil 29-yanvarga qadar Komil Allamjonov AOKA direktori vazifasini bajargan. 2020-yilning iyulidan beri agentlikka Asadjon Xodjayev rahbarlik qilib keladi[2].

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AOKA tizimiga quyidagi tashkilotlar kiradi:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]