Uztelecom
|
| |
|
| |
| Turi | Aksiyadorlik kompaniya |
|---|---|
| Xizmatlari |
|
| Status | Telekommunikatsiya |
| Qachon asos solingan | 1992 |
| Boshqaruv raisi | Nazirjon Hasanov |
| Ishchilar soni | 18,000 (2024) |
| Vebsayti | http://uztelecom.uz |
Uztelecom – Oʻzbekistondagi eng yirik telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi operatorlaridan biridir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda Oʻzbekiston davlat telekommunikatsiya korxonalarining „Oʻzbektelekom“ konserni tashkil etildi[1][2][3].
1995-yildan boshlab xususiylashtirish va yangi kompaniyalarni qayta tashkil etish jarayoni boshlandi. Jumladan: „Toshkent taksofoni“, „Sirdaryo Telekom“, „Buzton“ va „Chirkom“ qoʻshma korxonalari, shuningdek, „Oʻzbektelekom International“ aksiyadorlik jamiyatlari va mintaqaviy kompaniyalar tashkil etildi. „Oʻzbektelekom“ tarkibida Intel Telekom filiali paydo boʻldi[4][5][6].
2001-yilda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi UzNet shoʻba korxonasini Uztelecomga birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi va bu kompaniyani xususiylashtirishga tayyorgarlik koʻrishning boshlanishi edi[7][8][9].
2003-yilda muhandislik-texnik markazi tashkil etildi. CDMA-450 simsiz tarmogʻi ishlay boshladi. „Oʻzbektelekom-Mobil“ filiali ishga tushirildi. Samarqand va Jizzax viloyatlarini simsiz aloqa tizimi bogʻladi[10][11].
2004-yildan yangilangan UzNet filiali tashkil qilinib, Intel Telekom kompaniyasiga qoʻshildi. Shu bilan birga, UzMobile CDMA-450 tarmogʻini hududlarda kengaytirdi[12]. 2004-yilda oldindan toʻlangan kartalar yordamida xalqaro qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi aqlli xizmat kodlari joriy etildi[13][14].
2005-yilda kompaniya VoIP shlyuzini yangiladi va qoʻshimcha tugunlarni oʻrnatdi, bu esa xalqaro aloqa va Internetga kirish xizmatlarini kengaytirdi. 2006-yilda WiMax pilot loyihasi ishga tushirildi va videokonferensaloqa xizmati paydo boʻldi[15].
2007-yilda Xitoy taraqqiyot banki va Huawei Technologies shirkati bilan birgalikda telekommunikatsiya tarmogʻi modernizatsiya qilindi. Videotelefoniya, maʼlumotlarni uzatish va internetga ulanish xizmatlari yoʻlga qoʻyildi. Xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazish qobiliyati 2010-yilga kelib 2,5 Gbit/s ga yetdi[16].
2011-yilda „Uzmobile“ va „Uzonline“ brendlari yaratildi. 2012-yilda optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 263,5 million kanal/km.ni tashkil etdi. FTTx, IP-telefoniya va IPTV texnologiyalari rivojlantirildi[17][18][19].
2014-yilning 1-dekabrida xalqaro tarmoq sigʻimi 15,5 Gbit/s ga yetdi va Call Center xizmati – 1084 joriy etildi[20][21].
2017-yili 12100 kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi. 2023-yilga kelib, optik tolali tarmoq uzunligi 227 ming kilometrni tashkil etdi.
Kompaniya oʻzining 5G tarmogʻini 2023-yilda ishga tushirdi. Xuddi shu yili VoWi-Fi va VoLTE texnologiyalari joriy etildi. Apple Inc. Shirkati bilan shartnoma tuzdi. Apple foydalanuvchilari IOS 16 versiyasiga yangilangandan soʻng 5G tarmogʻiga ulanish imkoniyatiga ega boʻlishdi[22].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uztelecom aksiyalarining 94.25 foizi Oʻzbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligiga, 5.2 foizi esa jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli[23].
Kompaniya 22 ta filialni oʻz ichiga oladi, ulardan 14 tasi hududiy, 8 tasi ixtisoslashgan va 3 tasi shoʻba korxonalaridir[24][25].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „«Организация „Узбектелеком“»/ОБ ОРГАНИЗАЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЗБЕКСКОГО АГЕНТСТВА ПОЧТЫ И ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЙ“. 2016-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
- ↑ „«История компании»“. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
- ↑ „«История компании»“. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
- ↑ „«Инвестиции на инвестиционные проекты»“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ "Prisoedinenie UzNet"
- ↑ „„Sozdanie novix aksionernix obщestv“/Svyaz, sblijayuщaya lyudey“. 2020-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-yanvar.
- ↑ „„Sliyanie Uzneta s Intal Telekom““. 2020-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-yanvar.
- ↑ „«Постановление Кабинета Министром о приватизации»“. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „«Приватизация UzPAK»“. 2017-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „«Интервью с Равшаном Мухрумбаевым»“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ "Sozdanie Injereno-texnicheskogo sentra"
- ↑ „«Предоставление на базе стандарта CDMA»“. 2016-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ "Razvitie Telekommunikatsionnix setey"
- ↑ "Doklad o razvitie elektronniy kommersii v usloviyax globalizatsii "
- ↑ „«Итоги о развитии ИКТ в Узбекистане»/Министерство по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
- ↑ „«Сотрудничество с Китаем в сфере телекоммуникации»“. 2016-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
- ↑ „«UZTELECOM — навстречу 20-летию независимости Узбекистана!»“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „«Ip телефония от Узбектелеком»“. 2010-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
- ↑ „«Узтелеком провел ребрендинг»“. 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „"Postanovlenie prezidenta ot 2 dekabrya 2014 goda "“. 2015-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-yanvar.
- ↑ „„Uvelichenie skorosti dostupa v internet““. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-yanvar.
- ↑ „UZTELECOM: Зафарли ютуқлар ва янги марралар йили“.
- ↑ „Жителям Узбекистана позволят стать акционерами НГМК и Uztelecom“.
- ↑ „«Филиалы компании»“. 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
- ↑ „«Узмобайл устанавливает 140 новых баз по развитию FTTx»/Uzmibile installs 140 base“. 2016-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.