Toshkent arxitektura va qurilish instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toshkent arxitektura va qurilish instituti — oliy oʻquv yurti, 1991 yil 6 mayda Toshkent politexnika institutining arxitektura, sanoat va fukaro qurilishi hamda muhandis qurilish ftlari negizida tashkil etilgan.

Institut bakalaviaturasining kunduzgi va sirtqi boʻlimlarida 14 yoʻnalish boʻyicha 476 bakalavr, 20 mutaxassislik boʻyicha 88 magistr mutaxassislar bitirishi moʻljallangan (2004). Aspirantura, nomzodlik va doktorlik ilmiy kengashi, shuningdek, arxitektura, qurilish materiallari va qurilmalari, bino va inshootlar mutaxassisliklari boʻyicha ixtisoslashgan kengashlar faoliyat koʻrsatadi. Institutda 4 ta ft (meʼmorlik, sanoat va fuqaro qurilishi, muhandis qurilish va iqtisod),27 ta kafedra, 322 professor oʻqituvchi (jumladan 1 akademik, 29 fan doktori va professor, 117 fan nomzodi va dotsent), 168 oʻqituvchiassistentlar ishlaydi (2004). Institutda, shuningdek, "Axborot texnologiyalari va masofaviy oʻqitish markazi", Malaka oshirish fakulteti, "Qurilish sohasida menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish markazi", litsey (1996), biznes maktab (1999) faoliyat koʻrsatadi. 200 dan ortiq kompyuterlar tarmoqqa ulangan. Instituternet orqali xorijiy davlatlar bilan aloqalar oʻrnatilgan. 13 ta chet el oliy oʻquv yurtlari bilan shartnomalar boʻyicha oʻquv va ilmiy ishlar olib boriladi. Institut qoshida maʼnaviyat va maʼrifat markazi bor. Institut xdyotini aks ettiruvchi muzeyda oʻqituvchi va tsh1abalarning ish koʻrgazmalari tashkil etilib turiladi. Kutubxona fondi 200 mingdan ortiq kitobga ega boʻlib, elektron katalog darslaridan foydalanish ham yoʻlga qoʻyilgan.

A. Ashrabov, A. Boboxonov, M. Oʻrozboyev, V. Qobulov nomli stipendiyalar taʼsis etilgan.