Navoiy (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navoiy
Muallif(lar) Oybek
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i Tarixiy roman
Nashr etilgan sanasi
Sahifalar soni
  • 497 bet (2004)
  • 528 bet (2019)
ISBN ISBN 978-9943-20-603-8

Navoiy“ romani — 1942-yilda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tomonidan yozilgan tarixiy roman. Oybekning ushbu romanida Navoiyning hayot yoʻli, oʻsha davrdagi hayot va murakkab siyosiy voqealar aks ettirilgan. Roman turli qarama-qarshiliklar va muhokamalardan soʻng ilk marotaba 1944-yilda nashr etilgan.

Asar hozirgacha rus, ingliz, ukrain, nemis, belorus, qozoq, turkman, ozarbayjon, tojik, arab, fors, eston, latish va xitoy tillariga tarjima qilingan. Oʻzbek tilida uzoq yillar davomida bir necha bor qayta nashr etilgan. Roman 2004-yilda Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida 497 betli qattiq muqovada 10000 nusxada, 2019-yilda Yangiyoʻl Poligraph Servise nashriyotida, 2021-yilda Yangi Asr Avlodi nashriyotida ingliz tillida chop etildi.[1][2]

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Navoiy“ tarixiy-biografik roman janrining nodir namunasidir. Roman voqealari 18 yoshli yigit — Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Asar voqealari Navoiyning oʻlimini aks ettirish bilan yakunlanadi. Asarda Navoiy tarjimai holining asosiy bosqichlari hayot haqiqatiga mos holda yorqin tasvirlangan. Asarda Navoiyning olijanob fazilatlari, ajoyib xislatlari, Vatan, xalq va adabiyot oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochilib boradi. Romanda Husayn Boyqaro, Xadicha begim, Moʻmin Mirzo, Darveshali, Binoiy, Majididdin singari tarixiy shaxslar obrazi ham berilgan. Ustalik bilan yaratilgan bu obrazlar bosh qahramon Navoiy xarakterini ochishda muhim oʻrin tutadi. „Navoiy“ romani oʻzbek tarixiy romanchiligi tilining shakllanishida ham muhim rol oʻynaydi. Asar tili oʻtmish davrning jonli tilini yaratish namunalaridan biri boʻlib qoldi, unda besh yuz yil avval yashagan tarixiy qahramonlarning tili hozirgi kitobxonlarga tushunarli qilib qayta shakllantiriladi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Navoiy- Alisher Navoiy, shoir va mutaffakir olim, asardagi barcha personajlar unga bogʻlangan
  • Nizomulmulk-
  • Majididdin-
  • Moʻmin Mirzo-
  • Husayn Boyqaro — Xuroson hukumdori
  • Badiuzzamon- Boyqaroning oʻgʻli (Navoiy unga qarata „Sizlarda Iskandarning soyasi ham yoʻq. Sizlar uning navkarlariga xam arzimaysizlar“ deya nadomat qilgan)
  • Jomiy- fors shoiri
  • Arslonqul-
  • Sultonmurod-
  • Dildor-
  • Toʻgʻonbek-
  • Shayx Bahlul-
  • Valibek-
  • Sohib Doro-
  • Xoʻja Afzal-
  • Darveshali-
  • Zayniddin-
  • Alovuddin Mahshadiy
  • Xoʻja Abdulla Marvoriy

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]