Darveshali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Darveshali (15-asr oʻrtasi — 16-asrboshi) — Balx hokimi (1482—90). Alisher Navoiyning ukasi. Navoiy vazirlik vaqtida (1472) uning kitobdori boʻlgan. 1482 yil amirlik unvoni beriladi va u Sulton Xusayn Boyqaroning voyaga yetmagan oʻgʻli Ibrohim Husayn nomidan Balxni idora qila boshlagan. D. Majididdin va uning tarafdorlari tomonidan Alisherga qarshi qilinayotgan boʻhton va adolatsizliklardan norozi boʻlib, 1490 yil Hisor hokimi Sulton Mahmud qutqusi bilan Sulton Husayn Boyqaroga qarshi bosh koʻtargan. Sulton Husayn Boyqaro Navoiyga "agar Darveshali yarashsa, uni oʻzimga eng yaqin kishi qilaman, hech qanday jazoga mustahiq qilmayman", degan boʻlsada, D. tavba qilib kelganda, uni sulton farmonini qalbakilashtirishda ayblab, zindonga soldirgan. 1494 yil D. Makkaga hajga borishga ruxsat oladi. Qaytib kelgach, 1498 yil Sulton Husayn Boyqaro, oʻgʻli Marv hukmdori Abul Muhsin Mirzo huzuriga D.ni elchi qilib joʻnatadi. Navoiy vafotidan (1501) soʻng D. Bobur xizmatiga oʻtadi. 1511 yilda Bobur Samarqandni olganda D. u bilan birga boʻlgan. Uning shundan keyingi taqdiri nomaʼlum.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil