Muhammadbobur Malikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadbobur Majidovich Malikov
Муҳаммадбобур Мажидович Маликов
Oʻzbеkistоnning AQShdagi elchisi
Mansab davri
1993-yil 19-fevraldan – 1993-yil 20-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Abdulhoshim Mutalov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Fotih Teshaboyev
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri
Mansab davri
1991-yil 20-dekabrdan – 1993-yil 19-fevralgacha
Hukumat boshligʻi Shukrullo Mirsaidov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Bahodir Olimjonov
Vorisi Alisher Mardiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-sentyabr 1948-yil (1948-09-02) (75 yosh)
Fargʻona, Oʻzbekiston SSR

Muhammadbobur Majidovich Malikov — Oʻzbekiston Respublikasining sobiq adliya vaziri (1991—1993), Oʻzbekistonning AQShdagi sobiq elchisi (1993-yilda)[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Margʻilonda tugʻilgan. Yoʻldosh Oxunboboyevning nabirasi.

1949-yildan 1957-yilgacha Farg‘ona viloyatidagi qishloqlardan birida yashagan. Otasi kolxoz raisi boʻlgan.

1967-yilda aviatsiya texnikumini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Bir yil davomida V.P. Chkalov Nomidagi Toshkent Aviatsiya Ishlab Chiqarish Birlashmasining 34-sexida chilangar boʻlib ishlagan.

1972-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

1972-yildan 1977-yilgacha prokuratura organlarida ishlagan.

1977-yildan sud tizimida faoliyat yuritgan. 1983-yilda Toshkent viloyati sudi, 1985-yilda Oliy sud aʼzosi etib saylangan.

1987-1989-yillarda — Andijon viloyati sudi raisi.

1989-yilda O‘zSSR Oliy sudi raisi etib saylangan va bir vaqtning o‘zida SSSR Oliy sudining aʼzosi ham bo‘lgan. „Paxta ishi“ tufayli jinoiy jazoga hukm qilinganlar ishini qayta koʻrib chiqish tashabbuskori boʻlgan va 3500dan ortiq fermerlarni oqlanishiga erishdi.

1989-yilda Sovet Ittifoqi Oliy sudi plenumida birinchi bo‘lib Gdlyan va Ivanovning tergov guruhiga qarshi so‘zga chiqib, ularning harakatlarini „o‘zbek xalqining genotsidi“ deb atagan.

1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi[2].

1993-yil 19-fevraldan 20-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchisi boʻlgan. Islom Karimov siyosatiga qarshi chiqqan. AQShdan siyosiy boshpana soʻragan va Karimov rejimini „fashizm“da ayblagan.

Hozirda „O‘zbekiston fuqarolik harakati“ yetakchisi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]