Kontent qismiga oʻtish

Ravshan Muhiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ravshan Abdulatifovich Muhiddinov
Равшан Абдулатифович Мухиддинов
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi
Mansab davri
2011-yil 20-iyundan – 2011-yil 21-sentabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Muidjon Tohiriy
Vorisi Ravshanbek Shamsiyev
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri
Mansab davri
2007-yil 29-dekabrdan – 2011-yil 20-iyungacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Foziljon Otaxonov
Vorisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-iyul 1963-yil (1963-07-22) (60 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Mukofotlari
Unvoni 3-darajali davlat adliya maslahatchisi (2007-2011)

Ravshan Abdulatifovich Muhiddinov — Oʻzbekiston Respublikasining sobiq adliya vaziri (2007-2011), Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi (2011-yilda)[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʻilgan.

Maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1985-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini, 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1985-yilda Toshkent shahar Chilonzor tumani prokuraturasida ish o'rganuvchi sifatida boshlagan.

1986-1992-yillarda Toshkent shahar prokuraturasi tergov bo‘limi tergovchisi, prokurori, tergov bo‘limi katta prokurori.

1992-1995-yillarda Toshkent shahar Sobir Rahimov tumani prokurori o‘rinbosari.

1995-yilda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari.

1995-1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat-tahlil boshqarmasi prokurori.

1997-1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

1998-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi.

2000-2005-yillarda Jizzax viloyati prokurori.

2005-2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi.

2006-2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari.

2007-2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.

2011-yilda — O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi.

2011-yilda — Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi.

2011-yil 20-noyabrda hibsga olingan. 2012-yil 16-fevral kuni Toshkent shahar Sergeli tumani sudi Ravshan Muhiddinovni bir qator og‘ir iqtisodiy jinoyatlar, jumladan, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

2017-yil dekabrda amnistiya munosabati bilan muddatidan avval ozodlikka chiqarilgan. 2018-yil 8-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining qarori bilan toʻliq oqlangan[2].

2018-yildan Toshkent shahridagi shirkatlardan birida yurist sifatida ishlamoqda.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]