Gidrometriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrometriya (gidro... va metriya) —gidrologiya fanining oʻlchov qismi. Suv obʼyektlarining gidrologik rejimi elementlari, suv sathi, suv sarfi, suvning oqish tezligi, loyqaligi, kimyoviy tarkibi, harorati, muzlanish hodisalari, suv yuzasining nishabligi va b. oʻlchash, kuzatish usullari va asboblarni ishlab chiqish hamda ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shugʻullanadi.

Qaysi suv turi oʻrganilishiga qarab, G. atmosfera suvlari G.si —gidrometeorologiya, yer usti suvlari G.si — amaliy okeanografiya va daryo G.siga, yer osti suvlari G.siga hamda sugʻorish tizimlaridan foydalanish jarayonida rivojlangan G.ning muhim sohasi — amaliy G.ga boʻlinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil