Futshtok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Futshtok (nem. Fubstock) - dengiz, daryo yoki koʻlda suv sathini nazorat qilib turish uchun moʻljallangan moslama (darajalarga boʻlingan reyka). Suv oʻlchash postlariga oʻrnatiladi. F. suv havzasida faslga qarab suv sathi oʻzgarib turishini oʻrganish, oʻrtacha suv sathini aniqlash, suvning chuqurligini oʻlchash, suv toʻlqinlanganda qanchalik baland koʻtarilishini bilish va boshqa maqsadlarda qoʻllanadi. Portlar va gidrotexnika inshootlari qurishda ham F. asqotadi. [[Mutlaq balandliklar Kronshtat (Rossiya) F.gidagi nuldan oʻlchanadi (qarang [[Mutlaq balandlik).