Suv sathi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Suv sathi — daryo va koʻllardagi suv yuzasining dengiz sathiga nisbatan baland yoki pastligi (suvning nisbiy sathi). Suv sathining oʻzgarib turishi, asosan, daryo suvi sarfi va koʻl hajmining oʻzgarishiga bogʻliq. Suv sathining tabiiy oʻzgarib turishi esa, asosan, iqlim sharoitlariga bogʻliq. Koʻllardagi Suv sathining yillik oʻzgarishi bir necha sm dan 2–3 m gacha, katta daryolarda 5–12 m (baʼzan 30–35 m) gacha yetadi. Suv sathining oʻzgarishi suv oʻlchash shoxobchalarida aniqlanadi.