Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Munavvarqoridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori (1878, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, 20-asr oʻzbek millim mat-buoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Tosh-kentning Shayxontohur dahasidagi Darxon mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan. Otasi Abdurashidxon Soti-boldixon oʻgʻli mudarris, onasi Xosi-yat otin Xonxoʻja Shorahimxoʻja mudarris qizi otinoyi boʻlgan. U oklada uchinchi oʻgʻil boʻlib, katta akalari Aʼzamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875—1954) muallim boʻlishgan. Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlimtarbiyani onasidan olgan. Soʻng oʻz davrining mashhur oʻqituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni oʻrganib, hofizi Qurʼon boʻlgan. 1885—90 yillarda Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Tosh-kentga qaytib, imomlik va muallimlik bilan shugʻullangan. Eshonquli dodxoh madrasasida tahsilni davom ettirgan. 1901 yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1904 yildan ijtimoiysiyosiy, madaniy xayotga aralasha boshlagan. 1906 yildan "Oʻrta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy", "Taraqqiy" gaz.larida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida "Xurshid" gaz.ni tashkil etgan. "Shuhrat" (1907), "Tujjor" (1907), "Osiyo" (1908) gaz.larini gʻoyaviy boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. Soʻng "Sadoyi Turkisshon" (1914—15) gaz.da masʼul muharrir muovini, "Al-isloh" jur. (1915—17)da maxfiy muharrir, "Najot" va "Kengash" (1917) gaz.larida masʼul muharrir.

M. turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U "Jamiyati Imdodiya" (1909), "Turon" (1913), "Turkiston kutubxonasi" (1914), "Umid" (1914), "Maktab" (1914), "Koʻmak" (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, aʼzo. Shoʻrolar hukumati davrida Xalq dorilfununi shoʻrosining raisi, Turkiston Maorif xalq komissarligi turk shoʻʼbasining ish yurituvchisi (1918), Toshkent shahri maorif noziri, Sharq xalqlari sʼyezdi (1920, Boku) delegata va hayʼati aʼzosi. BXSR Maorif nozirligi vaqf boʻlimi boshligʻi (1920—21), Toshkent shahri ijtimoiy tarbiya boʻlimi mudiri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov nomidagi ped. texnikumi, ayollar ped. intida muallim (1923 — 25), Samarqand shahri muzeyida ilmiy xodim, Oʻzbekiston osori-atiqalarni saqlash qoʻmitasining Tosh-kent-Fargʻona boʻlimida masʼul kotib (1927-28).

M. bir qancha darslik muallifidir. Uning "Alibi avval" (1907), "Adib ussoniy" (1907), "Usuli hisob", "Tarixi qavm turk", "Tajvid" (1911), "Havoyiji diniya", "Tarixi anbiyo", "Tarixi islomiya" (1912), "Yer yuzi" (1916—17), 4 qismdan iborat "Oʻzbekcha til sabokligi" (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga, 1925—26, 4qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan. 1914 yilda taraqqiyparvar oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini jamlab, "Sabzavor" nomi bilan nashr etgan.

M. ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina sheʼrlari oʻsha davrdagi matbuot va oʻzi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u oʻtkir publitsist adib sifatida tanilgan. Makrlalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va xurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.

M. oʻz faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan.

Yevropa savdosanoat, ilm-fanini oʻrganishga chaqirgan, maʼnaviy qoloqlikni qoralagan. Chor va shoʻro hukumatlari olib borgan mustamlakachilik si-yosatiga karshi izchil kurash olib borib, 1917—1924 yillarda "Shoʻroyi islom", "Turk adam markaziyat", "Ittihod va taraqqiyot", "Milliy ittihod", "Nashri maorif" kabi jamiyat, firqa va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori boʻlgan. Shu sababli Qoʻqon shahrida tashkil topgan Turkiston muxtoriyatinm (1917) qoʻllab-quvvatlagan. Umr boʻyi oʻz vatanini mustaqil koʻrishni istagan.

M. 1929 yil 6 noyab.da qamoqqa olinib, Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991 yilda rasman reablitatsiya qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Xotiralarimdan, T., 2001; Tanlangan asarlar, T., 2003.

Adabiyot[tahrir]

  • Ziyo Sayd, Tanlangan asarlar, T., 1974; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustamlakachilik uchun kurash, T., 2001.

Sirojiddin Ahmedov.[1]

Munavar qori.png

Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli (1878—1931) Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tugʻilgan. 1931 yil 23 mayida Moskvaning mashhur Butirkasida otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona koʻmildi.

Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli U 1901 yilda Toshkentda birinchilardan boʻlib, «usuli jadid» maktabini ochadi. Bu maktablar uchun «Adibi avval», «Adibi soniy» kabi alifbo va xrestomatiyalar, «Tajvid al-Qur’on», «Yer yuzi» singari darsliklar tuzib, nashr etadi.

Shayxontohurda ochgan «Rushdiya» (oʻrta) maktabi «Namuna» atalib ismiga mos edi.

Munavvarqori dastxati Munavvarqori oʻzbek milliy matbuotining dastlabki namunasi — 1906 yilda chiqqan «Taraqqiy» gazetasi tashkilotchilaridan va mualliflaridan edi. Oʻsha yili u «Xurshid» gazetasini chiqardi. Munavvarqori XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy harakatchilikning, milliy ozodlik koʻtarilishining eng eʼtiborli namoyondalaridandir.

1909 yilda u doʻstlari yordamida «Jamiyati xayriya» tuzadi, 1913 yilda «Turon» jamiyatini taʼsis etadi. «Maktab», «Nashriyot» kabi shirkatlar ochadi. «Turon» jamiyatining qoshida «Turon» kutubxonasi, «Turon» gazetasi (1917) tashkil topgan edi.

20-yillarda esa u tilshunoslikka oid asarlar yozdi. Uning 1925 yilda Qayum Ramazon va Shorasul Zunnun bilan hamkorlikdagi uch boʻlimlik «Oʻzbekcha til saboqligi» kitobi shu yoʻldagi jiddiy ishlardan boʻldi.

Nashr qilingan adabiyotlar: Munavvarqori. Xotiralarim. Turon tarixi, T., 1991, 1994. Munavvarqori. Xotiralarimdan. T.: Sharq, 2000.

Ilmiy adabiyotlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil