Qayum Ramazon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qayum Ramazon
Tavalludi 1900-yil
Toshkent, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 1938-yil 4-oktabr
Toshkent, O‘zbekiston SSR
Fuqaroligi Flag of Russian Empire for private use (1914–1917) 3.svg Turkiston general-gubernatorligi,
Flag of the Turkestan (Kokand) Autonomy.svg Turkiston Muxtoriyati,
Turkestan Autonomous SSR Flag.gif Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi,
Flag of the Uzbek Soviet Socialist Republic (1952–1991).svg Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Millati o‘zbek
Sohasi pedagog, jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunos
Mashhur ishlari “O‘zbekcha til saboqligi”, “Yer yuzidagi tillar orasida o‘zbek tili”, “O‘zbek tilining imlo qoidalari”

Qayum Ramazon (taxalluslari: Qayum, O‘ktam, Turg‘unboy qori, Ramazon qori) (1900–1938.4.10) – o‘zbek pedagogi, jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunos. Toshkentda tug‘ilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munavvarqorining yangi usul maktabi hamda madrasada, Boku pedagogika institutida (1916–17) o‘qigan. 1918–21 yillarda o‘qituvchilar tayyorlash kursi va boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi. Abdurauf Fitrat bilan birga “Chig‘atoy gurungi”ni tashkil qilgan va unda kotib bo‘lib ishlagan (1919). “Qizil bayroq” va “Turkiston” gazetalarida adabiy xodim (1921–23). Fan qo‘mitasi huzuridagi Til va adabiyot institutida dotsent (1934–37).

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayum Ramazon o‘zbek maktablari uchun dastlabki ona tili darsliklarini yaratgan. “Ona tili” (Fitrat va Shokirjon Rahimiy bilan birga, 1918), “Bilim yo‘llari”, “Yozuv yo‘llari” (1919), 4 kitobdan iborat “O‘zbekcha til saboqligi” (Munavvarqori va Shorasul Zunnun bilan hamkorlikda, 1925–26), “Yer yuzidagi tillar orasida o‘zbek tili” (1930), “O‘zbek tilining imlo qoidalari” (1931), “O‘zbek tilining birlashgan imlo qoidasi” (1934), “O‘zbek tili ish kitobi” (Sh. Shamsiy bilan hamkorlikda, 1935–36) kitoblari muallifi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayum Ramazon 1938-yil 4-oktyabrda Toshkentda Boʻzsuv boʻyida “Xalq dushmani” sifatida otib tashlangan. 1957-yilda oqlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://shosh.uz/uz/qayum-ramazon-2/