Osiyo (gazeta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Osiyojadidlar gazetasi. 1908-yil 9-apreldan Toshkent shahrida A. Bektemirov muharrirligida nashr etilgan. "Xurshid", "Shuhrat" gazetalari ishini davom ettirib, maorif sohasidagi islohotlar, dunyoviy ilmlarni oʻrganish zarurligi, maʼnaviy va iqtisodiy masala-muammolar toʻgʻrisida yozilgan maqolalar va sheʼrlarga keng oʻrin ajratgan. A. Ibrohimov, Munavvarqori, A. Avloniy va boshqa jadid adiblarining maqolalari eʼlon qilingan. Jami 5 soni chiqqach, Chor mustamlakachi maʼmurlari tomonidan yopilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil