Shuhrat (gazeta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"SHUHRAT" — milliy, adabiy, ilmiy, siyosiy gazeta. 1907 yil 1 dek.dan haftada 2 marta chiqa boshlagan. Sahifalarida xurofotga qarshi maqolalar chop etilgan. Zamona talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlash kerakligini targʻib qilgan. Gaz.da rasmiy muharrir Abdulla Avloniy deb yozilsada, ammo amalda unga Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarlik qilgan. Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Tursunxoʻja Homidxoʻja oʻgʻli va Shoir Miskin Toshkandiylar gaz.ning asosiy mualliflari sanalgan.