Muhammad ash-Shoshiy (Abu Bakr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ash-Shoshiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 904-yil (hijriy 291-yil)
Vafoti milodiy 977-yil (hijriy 366-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, faqih, mufassir, usulchi, tilshunos va shoir

Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy (Shoshda hijriy 291-yil (milodiy 904-yil)da tug‘ilib, hijriy 366-yil (milodiy 977-yil) Shoshda zulhijja oyida vafot etgan) — tafsir, hadis va fiqhda nufuzli imomlardan biri bo‘lgan. Shofiʼiy mazhabida bo‘lgan va o‘z diyorida ommani shu mazhabga jalb qilgan. Muhaddis, faqih, mufassir, usulchi, tilshunos va shoir bo‘lgan. Ilm yo‘lida ko‘psafarlar qilgan. Damashq, Iroq va Xurosonda hadis tinglagan. Movarounnahrda shofiʼiy mazhabini yoygan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kitob fi usuli-l-fiqh“ („Usul al-fiqh kitobi“);
  • Sharhu-r-risolali-sh-Shofiʼiy“ („Shofiʼiy risolasiga sharh“);
  • at-Taqrib“ („O‘zlashtirish“, 6 jild);
  • Kitob fi mahosini-sh-sharʼiya“ („Sharʼiy fazilatlar haqidagi kitob“);
  • al-Fatovo“ („Fatvolar“);
  • Adabu-l-qoziyala mazhabi-sh-shofiʼiy“ („Shofiʼiy mazhabidagi qozining odobi“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 140 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.