Muhammad as-Saraxsiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad as-Saraxsiy
Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl as-Saraxsiy
Tavalludi 1009
Vafoti milodiy 1090 yoki 1096-yil (hijriy 483 yoki 490-yil)
Kasbi huquqshunos, dinshunos, yozuvchi
Mashhur ishlari “Usul al-fiqh”
“Kitob al-Mabsut”
"Sharh as-Siyar al-Kabir"

Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl as-Saraxsiy (forscha: محمد بن احمد بن ابي سهل ابو بكر السرخسي ‎ — islom dinshunosi, hanafiy mazhabi huquqshunosi. Xalq orasida Shams ul-Aimma (arabcha: شمس الأئمة ‎— rahbarlar quyoshi) nomi bilan mashhur boʻlgan[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad as-Saraxsiy hozirgi Eron va Turkmaniston chegarasida joylashgan Katta Xurosonning Seraxs shaharchasida tavallud topgan[2].

Vafot etgan sanasi baʼzi manbalarda hijriy 483-yil (milodiy 1090-yil), ayrim manbalarda esa hijriy 490-yil (milodiy 1096-yil) deb koʻrsatiladi[2][3]. As-Saraxsiy hanafiylikning buyuk faqihlaridan biri boʻlgan, shuningdek, al-Bazdaviyning ustozi Abdulaziz al-Halvoniydan (vafoti: hijriy 448 (milodiy 1056) tahsil olgan.

Muhammad as-Saraxsiyning yoshlik yillari haqidagi bizgacha yetib kelgan maʼlumotlar juda kam[3]. Ayrim manbalarga koʻra, as-Saraxsiy hukmdorlikka oid bir huquqiy masala bo‘yicha oʻz fikrini ochiq bildirgani uchun qamalgan, yaʼni mamlakat podshohining cho‘ri bilan turmush qurishini noqonuniy deb hisoblab, podshohni tanqid qilgan[3] va shu sababli hayotining taxminan oʻn besh yilini qamoqda oʻtkazgan[3]. As-Saraxsiy qamoqdalik yillarida „Mabsut“[2] va oʻzining boshqa bir nechta muhim asarlarini[3] yozgan. U juda kuchli xotiraga ega boʻlib[3], qamoqda yashagan yillarida boshida kechirgan koʻplab voqealarni juda yaxshi eslab qolgan va keyinchalik ularni qogʻozga tushirgan.

As-Saraxsiyning huquq sohasida juda katta maʼlumotga ega shaxs boʻlgan, shuningdek, u oʻz davrining atoqli yozuvchilaridan biri deb hisoblashgan[4]. U hanafiylik mazhabining obroʻli huquqshunoslaridan biri bo‘lib, ushbu mazhab vakillari orasida „shubhangiz bo‘lsa, Saraxsiyga ergashing“[5] mazmunidagi soʻzlar tarqalgan. Al-Qosoniy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy kabi buyuk shaxslar ham o‘zlarining fiqhga oid mashhur „Badoye as-sanoye“ va „Al-Hidoya“ asarlarida, asosan, as-Saraxsiyning „Al-Mabsut“ va „Usul as-Saraxsiy“ asarlarida keltirilgan munozaralar va huquqiy dalillariga tayanganlar[5].

XIX asr hind musulmon olimi Abdulhay al-Laknaviy as-Saraxsiyni Abu Jaʼfar at-Tahoviy kabi olimlar bilan bir qatorda Abu Hanifa shogirdlari (Abu Yusuf va Muhammad ash-Shayboniy)dan keyingi buyuk huquqshunoslar deb hisoblagan[6].

Muhim ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

As-Saraxsiyning eng muhim asarlari:

  • „Usul al-fiqh“, Qohira (hijriy 1372, milodiy 1953);
  • „Kitob al-Mabsut“, Bayrut (hijriy 1406, 1986)
  • „Sharh as-Siyar al-Kabir“.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Norman Calder, Jawid Ahmad Mojaddedi, Andrew Rippin, ed. and tr., Classical Islam: A Sourcebook of Religious Literature (Routledge, 2003), p. 210.
  2. 2,0 2,1 2,2 Calder, N. „al-Sarakhsi“, Muhammad b. Ahmad b. Abu Sahl Abu Bakr, Shams al- Aʼimma." Encyclopaedia of Islam, Second Edition. Edited by: P. Bearman; Th. Bianquis; C. E. Bosworth; E. van Donzel; and W. P. Heinrichs. Brill, 2011. Brill Online. Yale University. 8 February 2011
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Kassim, Husain. Sarakhsi- Hugo Grotius of the Muslims: The Doctrine of Juristic Preference and the Concepts of Treaties and Mutal Relations. San Francisco: Austin and Winfield Publishers, 1994.
  4. Calder, Norman. „Exploring God’s Law: Muhammad ibn Ahmad ibn Abi Sahl al-Sarakhsi on zakat.“ In Law and the Islamic world past and present, by Christopher Toll and Jakob Skovgaard-Petersen. Copenhagen: Bianco Lunos Bogtrykkeri A/S, 1995.
  5. 5,0 5,1 Al-Sarakhsi, Money Exchange, Loans, and Riba: A translation of Kitab al-Sarf from Kitab al-Mabsut, translated by Imran Ahsan Khan Nyazee, Advanced Legal Studies Institute, Islamabad, 2018.
  6. Al-Marghinani, Burhan al-Din, Al-Hidayah, translated by Imran Ahsan Khan Nyazee, Center for Excellence in Research, Islamabad, 2016, page 9.