Alovuddin Kosoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alovuddin al-Kosoniy
علاء الدين الكاساني
Unvoni Molikul ulamo
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1191-yil 3-avgust
Dini Islom
Era Islom Oltin asri
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Hanafiylik
Imom Moturidiy
Asosiy qiziqish(lar)i Fiqh (Islom huquqshunosligi), Aqida (Islom teologiyasi)
Mashhur ish(lar)i Badoe’ as-sanoe’

Alovuddin al-Kosoniy (arabcha: علاء الدين الكاساني) Al-Kosoniy yoki al-Koshoniy nomi bilan tanilgan. XII asrda yashab oʻtgan sunniy musulmon huquqshunosi. Sunniy huquqshunosligidagi Hanafiy mazhabining nufuzli shaxsiga aylangan va sunniylik anʼanalarida eng keng tarqalgan huquq maktabi asoschilaridan boʻlib qolgan[1].

„Molik al-Ulamo“ („Olimlar podshosi“) laqabini olgan. Uning asosiy asari "Badaʼi’ as-Sanoʻi’ fi Tartib ash-Sharaʼi’" (arabcha: بدائع الصنائع في ترتيب الشرائع) Hanafiy anʼanasining eng muhim islomiy huquqiy qoʻllanmalaridan biridir[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligi va turmushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Kosoniy Farg‘onaning Koson (Kosonsoy) shahridan bo‘lib, unga oʻz qizi Fotima as-Samarqandiyni bergan hanafiy huquqshunosi Alouddin as-Samarqandiyning (vafoti 1144-yil) shogirdi boʻlgan. Kelinlik sovgʻasi sifatida olim kelinning otasiga „Tuhfat al-fuqaho“ ning huquqiy toʻplamiga sharh berishi kerak boʻlgan[3]. „Badoi as-sanoi“ kitobi esa mahr sifatida qabul qilingan[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomaʼlum sanada Kichik Osiyoga hijrat qilgan va Koniyadagi Rum-Saljuqiy turklari saroyida ishlagan. Bu yerda olim boshqa bir faqih bilan tortishib, hukmdor Mas’ud I ga shu qadar zoʻravon koʻrindiki, hukmdor uni saroyda ushlab turishning iloji yoʻq deb hisoblaydi. Bahs mavzusi esa ijtihod boʻlgan. Uning raqibi al-Kosoniyni moʻtaziliy taʼlimotining vakililikda ayblagan. Al-Kosoniy raqibiga musht tushirgach, hukmdor aralashib, bahsni tugattirgan[5].

Al-Kosoniy saroydagi xatti-harakati bilan saroyda qolish imkoniyatini yoʻqotganligi sababli, hukmdor olimni vazirining maslahati bilan Halabdagi Nuriddin Zangiyga elchi qilib yuborgan. Bu yerda Radiaddin as-Saraxsiyning (vafoti 1149-yil) vorisi, Madrasa Hallaviyaga hanafiy huquqi professori etib tayinlangan.

Keyingi hayoti va oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning keyingi hayoti haqida koʻp narsa maʼlum emas. Ali al-Qoriyning aytishicha, xotini Fotimaga qattiq bogʻlangan. Qachonki u kishida shubha paydo boʻlib, fatvo berishda xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsa, ayol unga toʻgʻri hukmni bildirar va xato sababini tushuntirardi. Al-Kosoniy qobiliyatli huquqshunos boʻlsa-da, Fotima uning huquqiy fikrlarini tuzatgan va tahrir qilgan[6]. Xotinining vafotidan keyin har payshanba kuni kechqurun Halab qal’asidagi Ibrohim ziyoratgohidagi qabrini ziyorat qilgan. 1191-yilda vafotidan keyin xotinining yoniga dafn qilingan.

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu al-Mu’in an-Nasafiy[7] va Alouddin as-Samarqandiy kabi taniqli olimlardan tahsil olgan.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shogirdlari orasida Jamoliddin G‘aznaviy ham boʻlgan[8] [9].

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Kosoniyning asosiy asari "Badoe’ as-sanoe’ fi Tartib ash-Sharoe’" (arabcha: بدائع الصنائع في ترتيب الشرائع) zamonaviy bosma nashrda etti jilddan iborat qoʻllanmasidir. Bu kitobni al-Kosoniyning ustozi as-Samarqandiyning qoʻllanmasiga yozgan sharhi deyishadi, ammo kitob sharh xususiyatiga ega emas, balki turli huquq sohalarining qatʼiy tizimli bayoni hisoblanadi. Al-Kosoniy har bir bobni kontur bilan boshlaydi, unda qaysi mavzularga murojaat qilmoqchi ekanligini tushuntiradi. Biroq uslubiy ravshan boʻlishiga qaramay, asar maʼlum bir davr mobaynida hanafiy huquqining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatmagan. Zamondoshi al-Marg‘inoniyning „Al-Hidoya“ sidan farqli o‘laroq, kitob hech qachon sharhlanmagan. Faqat XX asr boshlarida zamonaviy bosma nashrning paydo boʻlishi asarga boʻlgan katta qiziqish uygʻotdi. Shundan beri Hanafiy ilmiy muassasalarida markaziy ahamiyatga ega boʻlib kelmoqda[10].

Badoidan tashqari al-Kosoniy Qur’on tafsirini ham yozgan va bu kitob qoʻlyozma sifatida hozirda saqlanib qolgan[11].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bada'i al-Sana'i fi Tartib al-Shara'i: Imam Al-Kasani“.
  2. Suha Taji-Farouki. Modern Muslim Intellectuals and the Qur'an. Institute of Ismaili Studies, 2006 — 251 bet. ISBN 9780197200032. 
  3. Abdullah. „The Empowering Jurist: Fatima al-Samarqandi“. MSA McGill. Muslim Students' Association. 2015-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  4. „Fatima bint Mohammed ibn Ahmad Al Samarqandi“. Mosaic: Recognizing extraordinary Muslim women. Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  5. Vgl. al-Qārī: al-Aʼmār al-'anīya. Bl. 88a.
  6. Nadwi, Mohammad Akram. Al Muhaddithat: the women scholars in Islam. London: Interface Publishers, 2007 — 144 bet. ISBN 978-0955454516. 
  7. „Bahr al-Kalam fi 'ilm al-Tawhid (بَحْرُ الكَلَام في علم التوحيد) by Imam Abi al-Ma'in al-Nasafi“. Looh Press; Islamic & African Studies. 2019-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-oktyabr.
  8. „Al-Hawi al-Qudsi fi Furu' al-Fiqh al-Hanafi by Jamal al-Din al-Ghaznawi“. Looh Press. 2018-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  9. „Kitab Usul al-Din by Jamal al-Din al-Ghaznawi“. Islam786books.
  10. Vgl. Heffening, de Bellefonds 690b.
  11. Vgl. Brockelmann: Geschichte der arabischen Litteratur. 1943, S. 465.