Muhammad al-Kushmayahaniy (Abulhaysam)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Kushmayahaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 998-yil (hijriy 389-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, adib

Muhammad ibn Makkiy ibn Muhammad ibn Zuroʻ ibn Horun ibn Zuroʻ al-Kushmayahaniy (hijriy 389-yil (milodiy 998-yil)da vafot etgan) — butun Sharq va G‘arbda o‘zining „al-Jomiʼ“ kitobi bilan shuhrat qozongan yirik adib bo‘lgan. Chunki Muhammad al-Kushmayahaniy Xurosonda unga tayanib oliy isnod rivoyat qilganlarning oxirgisi edi. U faqih, adib, taqvodor va zohid bir inson bo‘lgan. U ilm izlab Hijoz va Iroqqa borgan, ko‘plab mashhur shayxlardan saboq olgan. Firabr, Marv, Saraxs, Ray, Bag‘dod, Kufa, Makka kabi shaharlarda ustozlardan hadislar eshitgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.

Asari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rasoil“ („Risolalar“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 129 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.