Ray
Jump to navigation
Jump to search
Ray, Rey, qad. Rara— Erondagi qad. shahar. Tehrondan 8 km shim.sharqda joylashgan. R. nomi Avesto va Bihistun kitobalariaya qayd etilgan. 7-asrda arablar bosib olgan. Tohiriylar, Somoniylar, Buvayhiylar davlatlari tarkibiga kirgan. 1027 y. Mahmud Gʻaznaviy egallagan. 1042—1194 yillarda Saljuqiylar davlati tarkibida. 10— 12-asrlarda R. — Eronning eng yirik savdohunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri boʻlib, ipak matolar va sopol qandillar i. ch. bilan mashhur boʻlgan. 1194—1220 yillarda R.Xorazmshohdar davlati tarkibida; 12-asr oxiri va 13-asrlarda oʻzaro diniy nizolar natijasida ancha jabr koʻrgan. 1220 y. moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. Gʻozonxonnpng R. arkini qayta tiklash yoʻlida qilgan saʼyharakati natija bermagan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |