Belgi (soʻz)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Belgi — moddiy, hissiy ravishda idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakat. Bu harakat bilishda koʻrsatmalar, ishoralar sifatida yoki boshqa predmet, xususiyat, munosabatlarda namoyon boʻladi. B. tushunchasi falsafa, mantiq, tilshunoslik, psixologiya, sotsiologiyada tahlil qilinadi, yaʼni inson faoliyatini tadqiq qilish bilan bogʻliq boʻlgan hamma fanlarda muhim oʻrin tutadi. Antik faylasuflar (Platon, Aristotel, stoiklar), 17 — 18-asrlarning mutafakkirlari (Lokk, Leybnits, Kondilyak) bilishda B.larning roliga katta eʼtibor berar edilar. 19 — 20-asrlarda tilshunoslik va matematik mantiq B.ni tadqiq qilishga koʻp yangilik kiritdi. B. haqida maxsus Fan — semiotika vujudga keldi. B.lar til va gʻayritil B.lariga boʻlinadi. Gʻayritil B. ham oʻz navbatida belginusxalar, belgialomatlar, belgisignallar va h.k.ga boʻlinadi. B.ning axborot uzatish jarayoni bilan aloqasi muhimdir. Biron moldiy obʼyektdan iborat boʻlgan B. boshqa biron narsani belgilash uchun xizmat qiladi. B.ning predmet maʼnosini, mazmun maʼnosini, ekspressiv maʼnosini aniqlamasdan turib B.ni tushunish mumkin emas.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil