Elam tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elam tili — qadimiy Elam davlatida va Eron togʻliklarining jan. qismida miloddan avvalgi 3—1-ming yilliklarda yashagan xalqning (oʻlik) tili. Dravid tillari bilan qarindoshligi aniqlangan. Elam tilining ilk yodgorliklariibodatxonalarning xoʻjalik hujjatlari — kdd. elam davriga (miloddan avvalgi 30—24-asrlar) mansub boʻlib, ilk elam rasmli (iyeroglifik) soʻzboʻgʻin yozuvida yozilgan (hali toʻliq oʻrganilmagan). Ushbu davr oxirlarida Elam tilida chiziqli boʻgʻinli elam yozuvi va akkad mixxati qoʻllana boshlagan (13-asrga mansub podsholik bitimlari). Oʻrta elam davrida yodgorliklarning matnlari mixxatda bitilgan (miloddan avvalgi 14—12alar). Yangi elam davriga podsholik yozishmalari, xoʻjalik hujjatlari mansub (miloddan avvalgi 8—6-asrlar). Urartu hududidan Elam tilidagi badiiy matn (miloddan avvalgi 8-asr) topilgan. Miloddan avvalgi 6— 4-asrlarda Axomaniylar davlatining Eron hududida Elam tili rasmiy til hisoblangan. Ushbu tildagi koʻpdankoʻp yaxlit matnli yodgorliklar ayni shu davrga mansub. Biroq uning leksikasi, koʻplab kalkalari, sintaksisi, uslubi qadimiy fors tilining kuchli taʼsiriga uchragan edi. Elam tili ilk oʻrta asrlargacha saqlanib qolgan, degan taxminlar mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Elam tili" OʻzME. E-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil