Qadimgi fors yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qadimgi fors yozuvimixxat turlaridan biri; mixsimon (ponasimon) belgilardan iborat, bir qancha ideogrammalar qoʻshilgan boʻgʻinli yozuv. Eronda miloddan avvalgi 6—4-asrlarda — Doro I davridan to Artakserks III davrigacha axomaniylarning bitiklarida qoʻllangan. Shaklan ugarit, bobil mixxatlariga oʻxshasa ham, kelib chiqishi jihatidan bevosita ular bilan bogʻliq emas.

Qadimgi fors yozuvining kelib chiqishi haqida 2 xil nuqtai nazar mavjud; 1) Doro I ning oʻzi yozib qoldirgan maʼlumotga koʻra, Qadimgi fors yozuviyo. uzoq taraqqiyot natijasi emas, avval boshdanoq mukammal va yaxlit bir yozuv boʻlgan; ushbu yozuvni shohning oʻzi, ehtimol, uning olimmirzolaridan biri kashf etgan. Bunda yozuv ixtirochisi bobil yozuvini ham, gʻarbiy som boʻgʻinli yozuvini ham bilganligi taxmin qilinadi; 2) nemis olimi I.Gelbning fikriga koʻra, qadimgi fors yozuvi bobil mixxatidan boʻgʻinli yozuvgacha uzoq rivojlanish yoʻlini oʻtish natijasida paydo boʻlgan. Nemis olimi I.Fridrix esa mazkur nuqtai nazarlarga yakun yasab, qadimgi fors yozuvi 2 xil yozuv tizimi (bobil mixxati va gʻarbiy som boʻgʻinli yozuvi)ning nomukammal qoʻshilishidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, deb hisoblaydi.[1]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fridrix I., Istoriya pisma, per. s nem., M., 1978.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]