Akkad tili
Jump to navigation
Jump to search
Akkad tili | |
---|---|
Milliy nomi | akkadû |
Mamlakatlar | Mesopotamiya |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Som-hom tillari |
Alifbosi | mixxat |
Til kodlari | |
ISO 639-2 | akk |
ISO 639-3 | akk |
Akkad tili (qad. shahar Akkad nomidan) – mashxur som tillarining eng qad.si. Ikki dialektga – bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois ko‘pincha u bobil-ossuriy (yoki ossuriy-bobil) tili deb ham ataladi. Akkad tilining ham (boshqa som tillari kabi) o‘ziga xos xususiyati undagi so‘zlar o‘zagi undoshlardan (ko‘pincha uch undoshdan) tashkil topishidir. Unlilar hamda o‘zakka te-gishli bo‘lmagan baʼzi undoshlar gramma-tik munosabatni yuzaga keltiradi va o‘zak umumiy maʼnosini muayyanlashtiradi. Akkad tili yozuvi shumer sillabo-ideografik mixxatiga asoslangan bo‘lib, belgilar ko‘p tovushli xususiyatga ega. Ular soni 500 dan oshib ketadi. Akkad tili mixxat yozuvini 1857 yilga kelib to‘liq o‘qishga muvaffaq bo‘lingan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |