Ming uy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"MING UY" (xitoycha "Chyanfodung"), Mogaoku — Xitoyning Sinszyan-uygʻur muxtor rayonidagi togʻli hududlarda joylashgan budda gʻor ibodatxonalari. Ular Qizil (Kuchar viloyati), Turfon, Xesi yoʻlagi, Dunxuanda uchraydi. Dunxuandagi "Ming uy" ularning eng yirigi boʻlib uning rasmiy nomi — "Mogaoku" ("Qumlikdagi baland budda ibodatxonasi"). Ibodatxona hujrachalari qoyaning ichini oʻyib ishlash usuli bilan yasalgan. Eng qad. hujra 366 yilga mansub, jami — 492 ta, ularning devorlari va shipi buddaviylik syu-jetlari, tarixi va afsonalariga oid rasmlarga toʻla. Katta hujralarda haykallar oʻrtada, kichiklarida eshik roʻparasida joylashgan, jami 2415 haykal bor. Devoriy rasmlar ichida (158hujra) Markaziy Osiyodan borgan odamlar surati uchraydi. Ibodatxonaning markaziy hujrasida balandligi 33 m keladigan Buddaning katta haykali oʻrnatilgan. Ibodatxonada hujralarning koʻpligiga sabab, buddaviylikda kamolotga erishgan har bir zot bitta hujra qurishi lozim boʻlgan. Abdulahad Xoʻjayev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil