Milton Friedman
Milton Fridmen (Fridman; 1912.31.7, Nyu York) — amerikalik iqtisodchi, iqtisodiy nazariyada Chikago maktabining yetakchi vakili. Ratgers universitetini tugatgan (1932). Falsafa (1946) va huquq (1968) doktori. Chikagodagi universitetda iqtisodiyot professor (1948-yildan). 1971—74 yillarda AQSH prezidenti R. Niksonnnnt iktisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi. Asosiy ilmiy ishlari pul muomalasi nazariyasi va amaliyoti masalalariga bagʻishlangan. F. makroiktisodiyotda monetarizm yoʻnalishi asoschisi, milliy daromadning monetar nazariyasini va AQShning deyarli 100 yillik pul muomalasi tarixini oʻrganib pulning miqdoriy nazariyasini asoslab bergan. Keynschshshkka qarshi boʻlgan F. tadbirkorlik erkinligi, bozor mexanizmlarining oʻzi davlat iktisodiyotga faol aralashmagan hollarda ham takror ishlab chiqarishning oʻz meʼyorida borishini taʼminlaydi deb qaragan. F. nuktai nazariga koʻra, davlatning vazifasi muomaladagi pul miqdori oʻsishini tartibga solish bilan chegaralanishi lozim[1].
Asosiy asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Inflyatsiyani bartaraf etishda soliqqa tortish", 1943;
- "Pozitiv iqtisodiy nazariya ocherklari", 1953;
- "Isteʼmol funksiyalari nazariyasi", 1957;
- "Narxlar nazariyasi", 1962;
- "Amerika Qoʻshma Shtatlarida pul muomalasi tarixi, 1867—1960-yillar", 1963;
- "Inflyatsiya sabablari va oqibatlari", 1963.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nobel mukofoti laureati (1976).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |