Gérard Debreu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

DEBRYO (Debreu) Jerar (1921.4.7. Kale, Fransiya) — amerika iqtisodchisi. Parij universiteti doktori (1956), 1949 yildan AQShda yashaydi. Bir kancha universitetlarda, jumladan 1962 yildan Kaliforniya (Berkli) universitetida ishlagan. Asarlarida markazlashtirilmagan bozor tizimi yakka rejalarning ijobiy muvofiqlashuvga olib kelishi mumkinligi muammosini tadqiq etgan. Narxlar muvozanatini yaratadigan omillar mavjudligini isbotlagan (K. Errou bilan hamkorlikda). "Qiymat nazariyasi" asarida yagona umumiy muvozanat nazariyasining matematik modelini yaratdi va oʻz modelida ishlab chiqarishni joylashtirish, kapital va nomaʼlumlik sharoitlarida feʼl-atvor nazariyalarini birlashtirishga erishdi. Nobel mukofoti laureati (1983)[1].

Manbalar[tahrir]