James A. Robinson
Jeyms Alan Robinson | |
---|---|
inglizcha: James Alan Robinson | |
Tavalludi |
27-fevral 1960-yil |
Fuqaroligi | Buyuk Britaniya |
Ish joylari |
Xarris nomidagi jamoat siyosati maktabi Harvard Kennedy School Berkeley universiteti Janubiy Kaliforniya universiteti Melburn universiteti Chikago universiteti Massachusetts texnologiya instituti |
Akademik rahbarlari | Truman Bewley |
Mukofotlari | |
Veb-sayt | voices.uchicago.edu/jamesrobinson |
James Alan Robinson (talaffuzi: Jeyms Alan Robinson; 1960-yil 27-fevral) — britaniyalik iqtisodchi va siyosatshunos. 2015-yildan Chikago universitetining Harris nomidagi jamoat siyosati maktabi professori[1][2], shuningdek, maktabning global mojarolarni oʻrganish va hal qilish boʻyicha Pearson institutining direktori[3], iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati[4]. Olim 2004—2015-yillarda Harvard universitetida dars bergan, bundan tashqari Kaliforniya, Janubiy Kaliforniya va Melburn universitetlarida ham faoliyat yuritgan.
Olim asosan qiyosiy-iqtisodiy tahlil va uzoq davrlardagi siyosiy taraqqiyot, jumladan, Janubiy Amerika va Janubiy Sahroi Kabirdagi jarayonlar boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. Daron Acemoglu (talaffuzi: Daron Ajemoʻgʻli) bilan hammualliflikda „Diktatura va demokratiyaning iqtisodiy manbalari“ (2006), „Mamlakatlar tanazzuli sabablari“ (2012) va „Tor koridor“ (2019) kabi kitoblarni yozishgan[5].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Robinson 1960-yil 27-fevralda Buyuk Britaniyada tavallud topgan. Dastlab London School Economics (tarjimasi „London iqtisodiy va siyosiy fanlar maktabi“) da (BSc, 1982), soʻngra Uorik universiteti (magistr, 1986), Yel universitetida (PhD, 1993) iqtisodni oʻrgangan[5]. 1992—1995-yillari Melbrun universitetida dars bergan, 1995-—1999-yillarda Janubiy Kaliforniya universitetida assistent-professor, 1999—2004-yillari Berklidagi Kaliforniya universitetida dastlab assistent-professor, 2001-yildan esa dotsent (associate professor) boʻlib ishlagan. 2004-yilda Harvard universiteti davlat boshqaruv kafedrasi professori boʻlgan. 2015-yil 1-iyuldan Chikago universitetining Harris nomidagi jamoat siyosati maktabi professori sifatida faoliyat yuritmoqda[6].
Mongoliyaga birinchi tashrifi chogʻida olim 2016-yil 9-mayda Mongoliya Milliy universiteti faxriy doktori unvoni bilan taqdirlanadi[7].
Ilmiy asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitoblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- James A. Robinson; Daron Acemoglu. The Narrow Corridor: States, Societies, and the Fate of Liberty. (ingliz tilida). New York: Penguin Press, 2019 — 576-bet. ISBN 978-0735224384.
- James A. Robinson; Emmanuel Akyeampong; Robert H. Bates; Nathan Nunn. Africaʼs Development in Historical Perspective. (ingliz tilida). New York: Cambridge University Press, 2014 — 526-bet. ISBN 978-1107691209.
- James A. Robinson; Alice H. Amsden; Alisa DiCaprio. The Role of Elites in Economic Development. (ingliz tilida). New York: Oxford University Press, 2012 — 374-bet. ISBN 978-0-19-965903-6.
- James A. Robinson; Daron Acemoglu. Why Nations Fail: The Origins of Power, Prosperity and Poverty. (ingliz tilida). New York: Crown Business, 2012 — 544-bet. ISBN 978-0307719218.
- Daron Ajemoʻgʻli, Jeyms A. Robinson. Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambagʻallik manbalari. Toshkent: „Nihol“ nashriyoti, 2021 — 672-bet. ISBN 978-9943-23-189-4.
- James A. Robinson; Jared Diamond. Natural Experiments of History. (ingliz tilida). Cambridge: Harvard University Press, 2010 — 278-bet. ISBN 978-0-674-03557-7.
- James A. Robinson; Klaus Wiegandt. Die Ursprünge der modernen Welt: Geschichte im wissenschaftlichen Vergleich. (nemis tilida). Frankfurt: Fischer Taschenbuch Verlag, 2008 — 688-bet. ISBN 978-3596179343.
- James A. Robinson; Miguel Urrutia. Economía Colombiana del Siglo XX: Un Análisis Cuantitativo. (ispan tilida). Bogotá and México D.F: Fondo de Cultura Económica, 2007 — 678-bet. ISBN 978-9583801396.
- James A. Robinson; Daron Acemoglu. Economic Origins of Dictatorship and Democracy. (ingliz tilida). Cambridge: Cambridge University Press, 2006 — 416-bet. ISBN 0-521-67142-6.
Maqolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Acemoglu, Daron, Simon Johnson, and James Robinson. 2001. „The Colonial Origins of Comparative Development: An Empirical Investigation.“ American Economic Review Vol. 91, Nº 5: 1369-401.
- Robinson, James A. 2006. „Economic Development and Democracy.“ Annual Reviews of Political Science 9, 503-527.
- Acemoglu, Daron, Simon Johnson, James A. Robinson, and Pierre Yared. 2008. „Income and Democracy.“ American Economic Review 98 (3): 808-42.
- Acemoglu, Daron, Simon Johnson, James A. Robinson, and Pierre Yared. 2009 „Reevaluating the Modernization Hypothesis.“ Journal of Monetary Economics 56 (8): 1043-58.
- Acemoglu, Daron and James Robinson. 2022. „Non-Modernization: Power-Culture Trajectories and the Dynamics of Political Institutions.“ Annual Review of Political Science 25 (1): 323-339
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilda iqtisodiyot boʻyicha „institutlarning shakllanish jarayonlari va ularning iqtisodiy farovonlikka ta’sirini tadqiq qilgani uchun“ Nobel mukofoti bilan taqdirlangan[4][8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „James Robinson Named Faculty Director of The Pearson Institute“ (inglizcha). UChicago News (2-iyun 2016-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2019-yil.
- ↑ „James Robinson | Harris Public Policy“ (inglizcha). harris.uchicago.edu. Qaraldi: 2-fevral 2018-yil.
- ↑ „The Pearson Institute Leadership“.
- ↑ 4,0 4,1 „Иқтисодиёт бўйича Нобел мукофоти Дарон Ажемўғли, Саймон Жонсон ва Жеймс Робинсонга берилди“. kun.uz (2024-yil 14-oktyabr). 2024-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Curriculum Vitae“.
- ↑ Wen Huang. „James Robinson appointed University Professor at Chicago Harris“ (ingliz tilida) (2015-yil 3-fevral). 2022-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-fevral.
- ↑ „Mongolian Economy - Жеймс Робинсон: Институци гэдэг барилга барьж, түүнийгээ хүмүүсээр дүүргэнэ гэсэн үг биш“. 16-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2016-yil.
- ↑ Christian Edwards,. „Nobel Prize in economics awarded to trio for explaining why some nations are rich and others poor“ (ingliz tilida). cnn.com (2024-yil 14-oktyabr). 2024-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
Vikiomborda James A. Robinson haqida turkum mavjud |