Friedrich Hayek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Friedrich Hayek

Friedrich Hayek (1899.8.5, Vena 1992.23.3, Frayburg) — iktisodchi va faylasuf. Iktisodiy nazariyadagi Avstriya maktabi anʼanalarini rivojlantirgan iktisodiy liberalizm maktabi vakili. Vena universitetini tugatgan (1921). Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya va Avstriyada ishlagan. Ilmiy ishlari pul nazariyasi, iktisodiyot fanining metodologik muammolari, iqtisodiy, ijtimoiy va tuzilmaviy hodisalarning oʻzaro aloqadorligi masalalariga bagʻishlangan, keynschilikiint koʻpgina qarashlariga eʼtiroz bildirgan. Sotsializm gʻoyalari va amaliyotini qattiq tanqid qilgan. Asosiy asarlari: "Narxlar va ishlab chiqarish" (1931), "Qullikka yoʻl" (1944), "Qonun, qonunchilik va erkinlik", 1—3 jildlar, (1973—79) va boshqa M. Fridmen bilan hamkorlikda Gʻarb mamlakatlari iktisodiy siyosatida neokonservativ burilish ilhomchilaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1974, Gunnar Myrdal bilan birgalikda)[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil