Leonid Kantorovich
Kantorovich Leonid Vitalyevich [1912.6(18).1, Peterburg — 1986.7.4, Moskva] — rus matematigi va iqtisodchisi, akademik (1964). Leningrad universitetini tugatgan (1930). Ilmiy ishlari hisoblash mat.sini iqtisodiyotda tatbiq etishga bagʻishlangan. Birinchi boʻlib funksional analiz usullarini hisoblash mat.siga qoʻllagan, xususan, operatorli tenglamalarni taqribiy yechish usullarini ishlab chiqqan. Chiziqli dasturlash sohasiga asos solgan. Chizikli dasturlash asosida iqtisodiy resurslardan eng samarali foydalanish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish modelini yaratgan. Eng maqbul iqtisodiy modellar tahlilida paydo boʻladigan obʼyektiv shartlangan narxlarni muhim qiymatlarini aniqladi. Bu tadqiqotlar xalq xoʻjaligini optimal rejalashtirish va boshqarish nazariyasini yaratishda hamda narx belgilash, renta nazariyasi, kapital qoʻyilmalar samaradorligi va b. muammolarni ishlab chiqishga yordam berdi. Umrining oxirlarida iqtisodiyotda mat. modellar bilan shugʻullangan. Nobel mukofoti laureati (1975, T.Ch. Kupmans bilan birga). As: Matematicheskiye metodi organizatsii i planirovaniya proizvodstva, L., 1939; Nailuchsheye ispolzovaniye resursov, L., 1965; Optimalnie resheniya v ekonomike, L., 1972.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Wikipedia articles with BIBSYS identifiers
- Pages with red-linked authority control categories
- Wikipedia articles with BNF identifiers
- Wikipedia articles with CANTIC identifiers
- Wikipedia articles with CINII identifiers
- Wikipedia articles with DBLP identifiers
- Wikipedia articles with GND identifiers
- Wikipedia articles with ISNI identifiers
- Wikipedia articles with LCCN identifiers
- Wikipedia articles with LNB identifiers
- Wikipedia articles with MGP identifiers
- Wikipedia articles with NDL identifiers
- Wikipedia articles with NKC identifiers
- Wikipedia articles with NLA identifiers
- Wikipedia articles with NLI identifiers
- Wikipedia articles with NLP identifiers
- Wikipedia articles with NSK identifiers
- Wikipedia articles with NTA identifiers
- Wikipedia articles with RERO identifiers
- Wikipedia articles with SELIBR identifiers
- Wikipedia articles with SUDOC identifiers
- Wikipedia articles with Trove identifiers
- Wikipedia articles with VIAF identifiers
- Wikipedia articles with WorldCat identifiers
- Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari
- Olimlar