Lawrence Klein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KLEYN (Klein) Lourens Robert (1920.14.9, Omaxa, AQSH) — amerikalik iqtisodchi, ekonometrika asoschilaridan biri. Oksford universiteti (Angliya) qoshidagi Statistika instituti xodimi (1954—58), Pensilvaniya universiteti (AQSH) iqtisodiyot professor (1958-yildan). K. yaratgan iqtisodiy faoliyatning ekonometrik modellari AQSH, Isroil, Meksika va Yaponiya iqtisodiyotlarining rivojlanishi istiqbollarini aniqlashda qoʻllanilgan. K. iqtisodiy nazariyani amaliy vazifalarga tadbiq qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning asarlari bu sohadagi rivojlanishga yoʻnalish berdi va jahon boʻyicha modellar yaratishga taʼsir koʻrsatdi. K.ning katta yutugʻi — umumiy keynschilik modelini statistik shaklga keltirganligi boʻldi. Uning yirik asarlari: "Keynschilik revolyusiyasi" (1947), "Ekonometrika daryoligi" (1953). Shuningdek, uning bozor konyunkturasi oʻzgarishlarini oldindan aniqlashda qoʻllaniladigan ekonometrik modellari ham mikroiqtisodiyot muammolarini xal qilishda muhim ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (1980).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil