Daniel McFadden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Daniel McFadden (1937.29.7, Roli, AQSH) — amerikalik iqtisodchi, Minnesot universiteti oʻqituvchisi (1957–62), Berklidagi Kaliforniya universiteti professor (1968–79), Kembrij (Massachuset texnologiya instituti) universiteti kafedra mudiri (1986–88), Kaliforniya universiteti professor va kafedra mudiri (1990 yildan), Ekonometrika laboratoriya direktori (1991–95 va 1996 yildan), AQSH Ekonometrika jamiyati prezidenta (1985), Amerika iqtisodiy uyushmasi vitse-prezidenti (1994). McFaddenning ilmiy ishlari ishlab chiqarish nazariyasi, iqtisodiy tahlil va matematik usullarni iqtisodiyotda qoʻllash, ekonometrika, mikroekonometrika, iqtisodiy oʻsish va rivojlanish, transport, energetika va sogʻliqni saqlash, tashqi muhitni muhofaza qilish iqtisodiyoti va boshqa zamonaviy mikroiqtisodiy tahlilning nazariy va amaliy muammolariga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureati (2000).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil