Mihrimah Sulton masjidi (Üsküdar)
Masjid | |
Istanbul | Üsküdar tumani |
Koordinatalar | 41°01′36″N 29°00′58″E / 41.02667°N 29.01611°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmor | Xoʻja Sinon |
Binokorlik | 1543—1544—1548 |
Gumbaz balandligi | 24.2 m (79 ft) |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 11.4 m (37 ft) |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Qurilish materiali | ashlar |
Holati | amaldagi |
Mihrimah Sulton masjidi (Üsküdar) Vikiomborda |
Mihrimah Sulton masjidi (turkcha: Mihrimah Sultan Camii, İskele Camii) – XVI asrda qurilgan Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri, Üsküdar (talaffuzi: Uskudar) tumanining tarixiy markazida, qirgʻoqqa qaragan holda bunyod etilgan. Masjid Üsküdarning eng mashhur, diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanib, binoning muqobil nomi oʻzi joylashgan hudud nomidan olingan. Sohil yoʻli qurilgunga qadar masjid toʻgʻridan-toʻgʻri suv boʻyida joylashgan boʻlib, binogacha faqat qayiqda borish mumkin boʻlgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning qurilish rejasi imperator meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, 1543—1544 va 1548-yillarda qurilgan[1]. Yodgorlik sulton Sulaymonning qizi va buyuk vazir Damat Rustam Poshoning rafiqasi Mihrimah Sulton tomonidan qurdirilgan ikkita juma masjididan biri hisoblanadi.
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta masjid baland maydonda qurilgan boʻlib, uning ichida ikki qavatli, marmardan ishlangan tahorat olinadigan favvorali ayvon joylashgan. Inshootning qurilishida Xoʻja Sinonning oʻziga xos bir qancha uslublarini koʻrish mumkin, masalan, masjid keng, baland gumbazli yertoʻla, ingichka minoralar va bir gumbazli baldachinga ega boʻlib, yon tomoni uchta yarim gumbazlar bilan tugaydi.
Binoning tashqi tomoni kulrang va oqish toshlardan qurilgan. Ichki devorlar va minbarlarni qurishda esa mamlakatga import qilingan marmar toshlardan foydalanilgan[2].
Masjid minoralaridan biriga oʻyib ishlangan quyosh soati hali ham mavjud.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Tahorat olinadigan favvora
-
Orqa tomoni
-
Gumbazning ichki koʻrinishi
-
Mihrimah Sulton masjidining tepalik orqasidan koʻrinishi
-
Mihrimah Sulton masjidining gʻarbdan koʻrinishi
-
Mihrimah Sulton masjidining jamoat toʻplanadigan hududi
-
Mihrimah Sulton masjidining tahorat oladigan favvora bilan birgalikdagi koʻrinishi
-
Mihrimah Sulton masjidining jamoat toʻplanadigan hududi
-
Mihrimah Sulton masjidining qabriston tomondan koʻrinishi
-
Mihrimah Sulton masjidi gumbazi
-
Mihrimah Sulton masjidi gumbazlari
-
Mihrimah Sulton masjidi derazalari
-
Mihrimah Sultonning vaqf hujjati. Bu hujjat Anadolu va Rumelidagi mulklarni vaqf qilish bilan bogʻliq boʻlib, undan tushgan daromad Mihrimah Sulton masjidi xarajatlarini qoplashga sarflanishi kerak boʻlgan. Mart—aprel, 1550-yil, Sadberk Hanım muzeyi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Necipoğlu 2005.
- ↑ Rogers, J. M. (1982). "The State and the Arts in Ottoman Turkey Part 1. The Stones of Suleymaniye.". International Journal of Middle East Studies 14 (1): 71–86. doi:10.1017/S0020743800026593. https://archive.org/details/sim_international-journal-of-middle-east-studies_1982-02_14_1/page/71.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Necipoğlu, Gülru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005. ISBN 978-1-86189-253-9.