Damat Rustam Posho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Damat Rustam posho
Kuyov Rüstem Paşa
Tavallud sanasi: 20-may, 1500-yil(1500-05-20)
Tavallud joyi: Sarayevo
Vafot sanasi: 10-iyul, 1561-yil(1561-07-10)
(61 yoshda)
Vafot joyi: Istanbul, Usmonlilar imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi: Mehrimoh Sulton
Bolalari: Qosim, Holid, Oysha Humoshoh Sulton

Damat Rustam posho (turk tilida - Damat Rüstem Paşa; Usmonli xonadoniga kuyov boʻlganlar “Damat” deyilgan) 15001561) — Usmonlilar imperiyasining 35- va 37-Bosh vaziri, hukmdor Sulaymon I Qonuniyning kuyovi.

Biografiyasi[tahrir]

Damat Rustam posho Sarayevodagi Opukovichlar oilasidan ekanligi aytiladi[1][2][3]. Ammo baʼzi tarixchilar uni[4][5][6] Skradinalik xorvat deydilar[7], shuningdek, alban ekanligi ham aytiladi[8][9]. 1557 va 1561-yilgi hujjatlarda uni otasining ismi Abdurrahmon deyilgan. Ikki nafar ukasi va singlisi bor[10]. Ukasi Sinon bilan birga Istanbulga kelib, Enderunda tahsil oladi. 1526-yil i Mohachi jangida silohdor (podshoh qurolbardori) sifatida qatnashadi. Birozdan soʻng miroxurlikka tayinlanadi[11]. 1533-yili Tekka sanjoqbeyi, keyinroq Diyorbakirda va Anatoliyada beklarbegi boʻladi. 1539-yili Sulton Sulaymon I Qonuniyning qizi Mehrimoh Sultonga uylanadi. 1541-yili devon vaziri boʻladi va 1544-yilda Bosh vazir (Vaziri Aʼzam) etib tayinlanadi[9]. 1553-yilda Shahzoda Mustafo qatl qildiriladi. Yanicharlar bunda Rustam poshoni ayblaydilar va natijada u lavozimidan boʻshatiladi[12]. Uning oʻrniga Qora Ahmad poshoni tayinlaydi.[13] 1555-yilda Hurram Sulton yordami bilan Damat Rustam posho qaytib keladi va Qora Ahmadni poraxoʻrlikda ayblab, Sulaymon I tomonidan qatl qildirilishiga erishadi.[14]. Shunday qilib Rustam vaziri aʼzamlikka qaytadi. 1561-yilda vafot etadi[9][15][16]. Xoja Sinon tomonidan barpo qilingan Shahzoda masjidiga dafn qilingan[17][18].

Kinoda[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Christine Woodhead: Rüstem Pasha. In: Энциклопедия ислама.
  2. Ş. Altundağ, Ş. Turan İslâm Ansiklopedisi
  3. Topaloğlu, Aydın. Yaşamları ve Yapıtlarıyla Osmanlılar Ansiklopedisi. Rüstem Paşa
  4. Lybyer, Albert Howe (1913). The government of the Ottoman empire in the time of Suleiman the Magnificent. Cambridge, Massachusetts: Harvard University Press. OCLC 1562148. 
  5. Joseph von Hammer-Purgstall. Geschichte des Osmanischen Reiches 10 vols
  6. Ibrâhîm Peçevî. Maṭbaʿa-ʾi ʿĀmire
  7. John Van Antwerp Fine. When Ethnicity Did Not Matter in the Balkans. A Study of Identity in Pre-Nationalist Croatia, Dalmatia, and Slavonia in the Medieval and Early-Modern Periods. isbn=0-472-11414-X
  8. [1]
  9. 9,0 9,1 9,2 Erhan Afyoncu Türkiye Diyanet Vakfı İslâm Ansiklopedisi. Rüstem Paşa. — Istanbul: TDV Yayınları, 2008. — Т. 35. — С. 288–290.
  10. Gülru Necipoğlu The Age of Sinan. Architectural Culture in the Ottoman Empire. — London: Reaktion Books, 2005. — С. 317.
  11. Gülru Necipoğlu The Age of Sinan. Architectural Culture in the Ottoman Empire. — London: Reaktion Books, 2005. — С. 314.
  12. Ibrâhîm Peçevî Tārīḫ-i Peçevī. — Istanbul: Maṭbaʿa-ʾi ʿĀmire, 1866. — Т. 1. — С. 303.
  13. TOPKAPI / GAZI KARA AHMET PASA CAMII. Asl nusxadan arxivlandi (2013-04-30). 2013-04-20.
  14. Türk Nostalji - Kara Ahmet Paşaʼnın Öldürülmesi - Topkapı Sarayı Cinayetleri Dizisi - 2. Asl nusxadan arxivlandi (2013-04-30). 2013-04-20.
  15. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Sicill-i Osmani
  16. Ogier Ghiselin de Busbecq LEGATIONIS TVRCICÆ Epistolæ quatuor.. — Hanoviæ, 1605. — С. 224.
  17. Gülru Necipoğlu. {{{title}}}. 
  18. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named yaşamyapıt

Yana qarang[tahrir]

Pargalı Ibrohim Posho