Quyosh soati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyosh soati - Quyosh boʻyicha vaqtni aniqpaydigan asbob. Q.s markaziga joyning geografik kengligiga teng burchak ostida sterjen (plastina) va siferblat oʻrnatilgan taxtachadan ibo-rat. Quyosh soati sterjen (oʻqi) olam oʻqiga parallel qilib oʻrnatiladi. Siferblat tekisligining oʻrnatilishiga qarab, Q.s ekvatorial, gorizontal va verti-kal turlarga boʻlinadi. Ekvatorial Quyosh soatida siferblat tekisligi osmon ekvatoriga, gorizontal Quyosh soati gori-zont tekisligiga parallel qilib oʻrnatiladi. Vertikal Quyosh soati esaturli imo-ratlarning tik devorlariga oʻrnatiladi. Ekvatorial Quyosh soatida siferblat teng boʻlaklarga, gorizontal va vertikal Quyosh soatida esa maxsus formula yordamida hisoblab topilgan, teng boʻlmagan boʻlaklarga boʻlinadi.

Oftobli kunda ochiqjoyda Q.s sterjenining soyasi siferblatga tushadi va haqiqiy quyosh vaqtini koʻrsatadi (yana q. Soat).