Mehtar Orif madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mehtar Orif madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Mehtar Orif madrasasiMehtar Orif guzarida joylashgan bo‘lib, 2 hujradan iborat bo‘lgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U ashtarxoniy hukmdor Imomqulixon davrida qurilgan masjid-madrasadir. Bu to‘g‘rida uning saqlanib qolgan vaqf hujjatida maʼlumotlar mavjud: „Sohibi ehson mehtar Orif ibn mag‘firatpanoh mirzo Abdol Xiyobonning sharqiy tarafida pishiq g‘ishtdan masjid qurdirdi. Uning shimoliy, sharqiy va janubiy tomonida ayvoni va tahoratxonasi bilan birga maktabxonasi ham bor edi“. Ushbu imoratning uch tarafi ko‘cha bilan o‘ralgan. Voqif Samjan tumanidagi bir qancha yerlarini o‘zi qurdirgan masjid uchun vaqf qilgan. Mazkur vaqf hujjati hijriy 1051-yil rabi ul-avval oyida (1641-yil iyunʼ) rasmiylashtirilgan. Hujjatda masjid yonida maktabxona ham qurildi deyilmoqda. Sharifjon maxdum uni madrasalar qatorida ko‘rsatgan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida Mehtar Orif guzari masjidi farroshligiga qori Shodmon tay- inlanayotganini maʼlum qilgan. Maoshi 6 man g‘alla bo‘lgan. Bemor talabalar ro‘yxatida qori Abduzohid Buxoriy va yana bir talaba kasal bo‘lgani qayd qilingan. Abdullaxoja Abdiy Mehtar Orif masjidida ramazonning oxirgi o‘n kunida „Sulton“ taxallusi bilan sheʼrlar bitgan Sultonxon eshon bir guruh yaqinlari bilan eʼtikof o‘tirganini yozgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 334.