Amir Temur: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 3: Qator 3:
[[Tasvir:Mongol_dominions.jpg|thumb|300px|right|[[Temuriylar]] Davlatining 1405 yildagi xaritasi]]
[[Tasvir:Mongol_dominions.jpg|thumb|300px|right|[[Temuriylar]] Davlatining 1405 yildagi xaritasi]]


'''Amir Temur''' (to‘liq ismi: ''Amir Temur ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul'') — [[1336|1336-yil]] [[9-aprel]] [[Kesh]] (hozirgi [[Shahrisabz]]) shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — [[1405]]-yil [[18-fevral]] [[Oʻtror]] shahri, [[Samarqand]]da dafn etilgan. XIV asrning buyuk [[turkiy]] lashkarboshi, [[O`rta Osiyo]]dagi [[Temuriylar Davlati]]ning hukmdori va [[1506|1506-yilgacha]] turgan [[Temuriylar sulolasi]]ning asoschisi.
'''Amir Temur''' (to‘liq ismi: ''Amir Temur ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul'' [[1336|1336-yil]] [[9-aprel]] [[Kesh]] (hozirgi [[Shahrisabz]]) shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) -  [[1405]]-yil [[18-fevral]] [[Oʻtror]] shahri, [[Samarqand]]da dafn etilgan) XIV-asrning buyuk [[turkiy]] lashkarboshi, [[O`rta Osiyo]]dagi [[Temuriylar davlati]]ning hukmdori va [[1506|1506-yilgacha]] turgan [[Temuriylar sulolasi]]ning asoschisi.


== Yetakchi ==
== Yetakchi ==
== Amir Temurning yoshligi ==
== Amir Temurning yoshligi ==
Amir Temur [[1336|1336-yil]] [[9-aprel]]da Keshda (Shahrisabzda) dunyoga kelgan. Otasi — Muhammad Tarag'ay oʻz zamonasining taniqli beklaridan boʻlgan. Amir Temur yoshligidan harbiy sanʼatga qiziqa boshladi, keyinchalik yoshligidagi doʻstlarini yigʻib qoʻshin tuzdi va turli xon va beklarga yollandi. Amir Temur hayotining keyingi 11 yilini biz, qisqacha qilib uning [[Yodnoma]]sidan bilib olishimiz mumkin. To‘liq ismi: '''Amir Temur ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul''' bo‘lgan bu buyuk tarixiy shaxs o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli va markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysidir. Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa adabiyotida Tamerlan nomlari bilan ta`riflanadi. Amir Temurning onasi Tekina-xotun [[Buxoro|buxorolik]] edi.
Amir Temur [[1336|1336-yil]] [[9-aprel]]da Keshda (Shahrisabzda) dunyoga kelgan. Otasi — Muhammad Tarag'ay oʻz zamonasining taniqli beklaridan boʻlgan. Amir Temur yoshligidan harbiy sanʼatga qiziqa boshladi, keyinchalik yoshligidagi doʻstlarini yigʻib qoʻshin tuzdi va turli xon va beklarga yollandi. Amir Temur hayotining keyingi 11 yilini biz, qisqacha qilib uning [[Yodnoma]]sidan bilib olishimiz mumkin. Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa adabiyotida Tamerlan nomlari bilan ta`riflanadi. Amir Temurning onasi Tekina-xotun [[Buxoro|buxorolik]] edi.


== Siyosiy faoliyati ==
== Siyosiy faoliyati ==
Qator 29: Qator 29:
Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur [[1404-yil]]ning 27-noyabrida 200 ming qo‘shin bilan [[Samarqand]]dan [[Xitoy]] safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to‘satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Amir Temur vafot etganda, uning xotinlaridan to‘rtasi – Saroy Mulk xonim, Tuman og‘o xonim, Tukal xonim va Ruh Parvar og‘o xonimlar hali hayot edilar. Shuningdek, Amir Temur vafot qilgan vaqtda undan ikki o‘g‘il, 19 nevara va 15 chevara, jami 36 shahzoda hayot edi. Bulardan tashqari sohibqironning kichik qizi – Sulton Baxt begim va katta qizi – Og‘o begimdan tug‘ilgan o‘gil – Sulton Husayn Mirzo nomli nevarasi ham bor edi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolaticha sohibqiron Amir Temur o‘n sakkiz marta uylangan. Bundan tashqari u 22 nafar xos kanizaklarini ham o‘z shabistoniga mahram qilgan.
Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur [[1404-yil]]ning 27-noyabrida 200 ming qo‘shin bilan [[Samarqand]]dan [[Xitoy]] safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to‘satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Amir Temur vafot etganda, uning xotinlaridan to‘rtasi – Saroy Mulk xonim, Tuman og‘o xonim, Tukal xonim va Ruh Parvar og‘o xonimlar hali hayot edilar. Shuningdek, Amir Temur vafot qilgan vaqtda undan ikki o‘g‘il, 19 nevara va 15 chevara, jami 36 shahzoda hayot edi. Bulardan tashqari sohibqironning kichik qizi – Sulton Baxt begim va katta qizi – Og‘o begimdan tug‘ilgan o‘gil – Sulton Husayn Mirzo nomli nevarasi ham bor edi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolaticha sohibqiron Amir Temur o‘n sakkiz marta uylangan. Bundan tashqari u 22 nafar xos kanizaklarini ham o‘z shabistoniga mahram qilgan.


{{Template:Moveraunnahr hukmdorlari}}
{{Temuriylar}}
{{bio-stub}}
{{bio-stub}}
{{Temuriylar}}


[[Turkum:Tarix]]
[[Turkum:Tarix]]

31-Avgust 2012, 12:50 dagi koʻrinishi

Fayl:Amir TemurZoomed.jpg
Amir Temur
Fayl:TimurExhumed2.jpg
Amir Temur
Temuriylar Davlatining 1405 yildagi xaritasi

Amir Temur (to‘liq ismi: Amir Temur ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul 1336-yil 9-aprel Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) -  1405-yil 18-fevral Oʻtror shahri, Samarqandda dafn etilgan) — XIV-asrning buyuk turkiy lashkarboshi, O`rta Osiyodagi Temuriylar davlatining hukmdori va 1506-yilgacha turgan Temuriylar sulolasining asoschisi.

Yetakchi

Amir Temurning yoshligi

Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Keshda (Shahrisabzda) dunyoga kelgan. Otasi — Muhammad Tarag'ay oʻz zamonasining taniqli beklaridan boʻlgan. Amir Temur yoshligidan harbiy sanʼatga qiziqa boshladi, keyinchalik yoshligidagi doʻstlarini yigʻib qoʻshin tuzdi va turli xon va beklarga yollandi. Amir Temur hayotining keyingi 11 yilini biz, qisqacha qilib uning Yodnomasidan bilib olishimiz mumkin. Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa adabiyotida Tamerlan nomlari bilan ta`riflanadi. Amir Temurning onasi Tekina-xotun buxorolik edi.

Siyosiy faoliyati

Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo‘lidagi dastlabki harakati XIV asrning 60-yillar boshlaridan boshlangan. Bu davrda mamlakatda siyosiy parokandalik vujudga kelib ulus bir qancha mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan edi.

Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo‘g‘ul xonlari Movarounnahrdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda o‘z hokimiyatini o‘rnatishga harakat qiladilar. Jeta xonlaridan Tug‘luq Temur va uning vorisi Ilyosxo‘ja 1360-1361, 1365-yillarda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar.

1366-yili amir Husayn Movarounnahrda hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi, ammo ko‘p o‘tmay amir Husayn va Amir Temur o‘rtasidagi munosabat keskinlashib ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Ular o‘rtasida 1366-70-yillarda bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tadi. Amir Husaynga qarshi Balxga yo‘l olayotgan Amir Temur Termiz yaqiniga kelganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nog‘ora – tabl bilan yalov - bayroq tortiq qiladi. 1370-yili 10-aprelda Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ladi. Amir Husayn qatl etiladi. Bu g‘alabadan so‘ng Amir Temur chingiziylardan bo‘lgan Qozonxonning qizi Saroymulkxonimni o‘z nikohiga oladi va "ko‘ragon” unvonini olishga muyassar bo‘ladi. Garchi saltanat taxtiga, an`anaga ko‘ra dastlab nomigagina Suyurg‘atmish (1370-1388), so‘ngra uning vafotidan keyin Sulton Mahmud (1388-1402) o‘tqazilgan bolsa-da, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temurning o‘zi boshqarar, viloyatlardagi hokimiyatni o‘g‘illari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qilardi.

1372-yilda Amir Temur Xorazmga yurish qilib, uni egallaydi. Biroq tarixiy voqealarning taqozosi bilan Amir Temur Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi. Xorazm 1388-yilda uzil-kesil Temur davlatiga qo‘shildi. Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda tarqoqligiga va o‘zaro nizolarga zarba berib, Sirdaryo vohasidan to Orol dengizigacha bo‘lgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlashtiradi. Amir Temur davlatiga Mog‘iliston davlatining doimiy hujumini bartaraf etish uchun yigirma yil (1371-1390) mobaynida Mog‘ulistonga yetti marta yurish qilib, Mo‘g‘ul hukmdorlari Anqoto‘ra va Qamaruddin ustidan g‘alaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda hukm surgan tarqoqlikka, o‘zaro nizo va Mo‘g‘uliston tomonidan bo‘lib turgan tazyiqqa chek qo‘ydi. Sohibqiron bu bilan qanoatlanmay, qo‘shni davlatlar ustiga yurish qilib, ularni o‘ziga bo‘ysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Sohibqiron harbiy yurishni Xurosondan boshlaydi. 1381-yili Amir Temur Hirotni egallaydi. Saraxs, Jom va Qavsiya shaharlari jangsiz taslim bo‘ladi. 1381-1384-yillar davomida Eronning katta qismi bo‘ysundiriladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qal`alari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari bo‘ysundiriladi. Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi.

Bu yurishlar tarixda "uch yillik”, ”besh yillik”, "yetti yillik urush”lar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van ko‘li atrofidagi yerlar egallandi. Amir Temur shu bilan birga shimoli-g‘arbdan, ya`ni Oltin O‘rda tomonidan bo‘layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To‘xtamishga qarshi uch marta qo‘shin tortadi. 1389-yilda Dizakning Achchiq mavzeida, 1391-yili Qunduzcha jangida, 1395-yil Tarak daryosi bo‘yidagi janglarda g‘alaba qozonib, dushman qo‘shinini tor-mor etdi. Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi, faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek Rus knyazliklari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Shundan so‘ng, Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. U besh yillik (1392-1396) urushi davomida G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egallaydi. Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan g‘azovoti (1398- may- 1399-yil mart) qariyb o‘n bir oy davom etadi. Hindistondan u katta o‘lja, shu jumladan 120 ta jangovar fillar bilan qaytadi. O‘ljalarning bir qismi qo‘shinga tarqatilib, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga ishlatiladi.

Yetti yillik yurish

1399-1404-yillardagi yetti yillik urush, eng shiddatli va eng yirik janglardan bo‘lib, uning oqibatida Shomning Xalab, Kumis, Baalbek, Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston o‘lkasi bilan Bag‘dod, shuningdek Turkiyaning kattagina qismi fath etiladi. Natijada ikki buyuk sarkarda: Sohibqiron Amir Temur bilan sulton Boyazid Yildirimlarning to‘qnashuvi muqarrar bo‘lib qoladi. Chunki tobora kuchayib borayotgan bu ikki turkiy davlatlarning har biri ikkinchisi uchun nihoyatda kuchli raqibga aylangan edi. Bir tomondan, Yevropa ritsarlariga qaqshatqich zarba berib, Bolqon yarim oroli bo‘ylab, g‘arbga tomon o‘z hududlarini kengaytirayotgan Usmonlilar davlati uchun Amir Temurning markazlashgan kuchli davlatini qaror topishi qanchalik xavfli tuyulsa, Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli Usmonlilar davlatining kuchayishidan Amir Temur ham shunchalik manfaatdor edi. Amir Temur hayot-mamot yo‘lida Boyazid Yildirim bilan bo‘ladigan jangga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlanadi. Nihoyat Rumga yuzlanib, avval Qamoh qal`asini fath etadi, so‘ngra Anqara shahrini qamalga oladi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi so‘nggi va hal qiluvchi jang 1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida Chibukobod mavzeida sodir bo‘ladi. Bu jang tarixda "Anqara jangi” nomi shuhrat topadi. Uch kun davom etgan bu jangda Amir Temur g‘alaba qozondi. Amir Temur Usmonli turklari davlatini saqlab qoldi va Boyazid vorislariga muruvvat qo‘lini cho‘zdi.

Shunday bo‘lsa-da, Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o‘z muborak nomalarini yubordilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.

Oxirgi yurish va vafoti

Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to‘satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Amir Temur vafot etganda, uning xotinlaridan to‘rtasi – Saroy Mulk xonim, Tuman og‘o xonim, Tukal xonim va Ruh Parvar og‘o xonimlar hali hayot edilar. Shuningdek, Amir Temur vafot qilgan vaqtda undan ikki o‘g‘il, 19 nevara va 15 chevara, jami 36 shahzoda hayot edi. Bulardan tashqari sohibqironning kichik qizi – Sulton Baxt begim va katta qizi – Og‘o begimdan tug‘ilgan o‘gil – Sulton Husayn Mirzo nomli nevarasi ham bor edi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolaticha sohibqiron Amir Temur o‘n sakkiz marta uylangan. Bundan tashqari u 22 nafar xos kanizaklarini ham o‘z shabistoniga mahram qilgan.

Temuriylar sulolasi

Movаrounnahr
Amir Temur (1370 - 1405)
Shohrux (1405 - 1447)
Mirzo Ulugʻbek (1447 - 1449)
Bobur (1449 - 1457)
Mahmud (1457 - 1459)
Abu Said (1459 - 1469)
Yodgor Muhammad (1469 - 1470)
Husayn Boyqaro (1470 - 1506)
Badi O`z-Zamon (1506)

Andoza:Link FA Andoza:Link FA