Erkin Vohidov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Changing Category:Oʻzbekiston qahramoni unvoni sohibalari
Sheroziy (munozara | hissa)
Qator 226: Qator 226:
Otam frontda ekanida onam kishlok sovetida sekretar vazifasida ishlar, kiyinchilik bilan kun kechirar edik. Juxori poyasini shimib tilimni konatganim, bolalarga kushilib kunjara eganim uchun onam yuzimga shapalok urgani va uzi kechgacha yiglaganini unutmayman. Uylab karasam, bolalik xotiralarimning kupchiligi sheʼrlarga, dostonlarga kuchgan ekan. «Nido», «Kuyosh maskani» poemalari, «Bolalik», «Oksokol», «Bolalik ekanda…» sheʼrlari usha murgak tasavvur, ilk xotiralarning mevasi bulgan.
Otam frontda ekanida onam kishlok sovetida sekretar vazifasida ishlar, kiyinchilik bilan kun kechirar edik. Juxori poyasini shimib tilimni konatganim, bolalarga kushilib kunjara eganim uchun onam yuzimga shapalok urgani va uzi kechgacha yiglaganini unutmayman. Uylab karasam, bolalik xotiralarimning kupchiligi sheʼrlarga, dostonlarga kuchgan ekan. «Nido», «Kuyosh maskani» poemalari, «Bolalik», «Oksokol», «Bolalik ekanda…» sheʼrlari usha murgak tasavvur, ilk xotiralarning mevasi bulgan.


[[Toshkent]]da kechgan bolalik va usmirlik yillarimdan kolgan eng yorkin esdaliklar Ostrovskiy nomli pionerlar saroyidagi shoir Gayratiy tugaragi va togamning xonadonida bulib turadigan adabiy suxbatlar bilan boglik. Togam kasbi yurist bulsa xam adabiyot va sanʼatga kizikkan, sheʼriyatni nozik tushunadigan kishi edi. Uyimizga shoir Chustiy, xonandalar aka-uka Shojalilovlar, Maʼrufxuja Baxodirov, keng bilim egasi bulgan olim, tarjimon Alixon Soguniy tez-tez kslib turishar edi. Mening sheʼriyatga kizikishimni sezgan togam bu suxbatlardan meni xam baxramand kilardi. Oddiy pochta xizmatchisi Mulla Shukurjon aka, savdo xodimi Akmalxon akalarning zukko baxslariga maxliyo bulib utirar edim. Ular Xofiz, Navoiy, Bedil, Fuzuliy baytlarini taxlil kilib, xar birlari uzlaricha talkin berib utirishardi. Bu suxbatlar ichkiliksiz, fakat sheʼr va kushik kayfi bilan, askiya zavki bilan muzayyan bulardi. Afsuski, bunday davralar endi kamayib, yukolib bormokda.
[[Toshkent]]da kechgan bolalik va usmirlik yillarimdan kolgan eng yorkin esdaliklar Ostrovskiy nomli pionerlar saroyidagi shoir Gayratiy tugaragi va togamning xonadonida bulib turadigan adabiy suxbatlar bilan boglik. Togam kasbi yurist bulsa xam adabiyot va sanʼatga kizikkan, sheʼriyatni nozik tushunadigan kishi edi. Uyimizga shoir [[Chustiy]], xonandalar aka-uka Shojalilovlar, Maʼrufxuja Baxodirov, keng bilim egasi bulgan olim, tarjimon Alixon Soguniy tez-tez kslib turishar edi. Mening sheʼriyatga kizikishimni sezgan togam bu suxbatlardan meni xam baxramand kilardi. Oddiy pochta xizmatchisi Mulla Shukurjon aka, savdo xodimi Akmalxon akalarning zukko baxslariga maxliyo bulib utirar edim. Ular Xofiz, Navoiy, Bedil, Fuzuliy baytlarini taxlil kilib, xar birlari uzlaricha talkin berib utirishardi. Bu suxbatlar ichkiliksiz, fakat sheʼr va kushik kayfi bilan, askiya zavki bilan muzayyan bulardi. Afsuski, bunday davralar endi kamayib, yukolib bormokda.


Pionerlar saroyidagi adabiyot tugaragiga katnashib yurgan vaktimda «Mushtum» jurnalida birinchi sheʼrim bosildi. Sheʼr tagiga 22-maktab 7 «a» sinf ukuvchisi deb ism-familiyam yozilgan edi. Tugarak xakidagi taassurotim ustoz Gayratiy tugrisida yozgan xotiralarimda bayon kilingan.
Pionerlar saroyidagi adabiyot tugaragiga katnashib yurgan vaktimda «Mushtum» jurnalida birinchi sheʼrim bosildi. Sheʼr tagiga 22-maktab 7 «a» sinf ukuvchisi deb ism-familiyam yozilgan edi. Tugarak xakidagi taassurotim ustoz Gayratiy tugrisida yozgan xotiralarimda bayon kilingan.

17-Fevral 2009, 12:40 dagi koʻrinishi

Erkin Vohidov
Fayl:Evohidov.gif
Tavalludi 28 dekabr, 1936
Vafoti 30-may 2016
Kasbi 1961 yildan
Ijod qilgan tillari Oʻzbek tili
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Shoh asari "Nido" (1964)

Erkin Vohidov — taniqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, bir yildan soʻng onasidan ajralgan. Toshkentlik togʻasi Karimboy Sohiboev qoʻlida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida (1955—1960) tahsil olgan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali «Yoshlik»ning asoschisi (1982).

U I va II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hozir qoʻmita raisi vazifasida ishlamoqda. Keyingi yillarda Oʻzbekiston Oliy majlisining qoʻmita raisi vazifasida ishlamoqda. Uning birinchi kitobi «Tong nafasi» 1961 yilda chop etildi. Shundan soʻng uning «Qoʻshiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1964), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Yoshlik devoni»(1969), «Charogʻbon» (1970), «Quyosh maskani» (1972), «Tirik sayyoralar» (1978), «Sharqiy qirgʻoq» (1981), «Kelajakka maktub» (1983), «Muhabbat» (1984), «Hozirgi yoshlar» (1986), «Iztirob» (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr qilindi. Shoir inson ruhiyatining nozik va ilgʻash mushkul manzaralarini taʼsirchan aks ettiradi. Odamni komil koʻrmoq istagi uning sheʼrlari asosini tashkil qiladi.
Andoza:Oʻzbek adabiyoti

E. Vohidov. Toʻplam

«Nido» (1964), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Charogʻbon» (1970), «Ruhlar isyoni» (1980), «Koʻhinur» (1982) kabi dostonlar yozgan.

«Oltin devor», «Istambul fojeasi», «Ikkinchi tumor» kabi dramalar muallifi. S. Esenin, A. Tvardovskiy, M. Iqbol, G. Emin, R. Hamzatov sheʼrlarini, Gyotening «Faust» asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1999 yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.


Sheʼrlar

Debocha


Istadim sayr aylamoqni men gʻazal boʻstonida,
Kulmangiz, ne bor senga deb Mir Alisher yonida.

Sheʼriyat dunyosi keng, gulzori koʻp, boʻstoni koʻp,
Har koʻngil arzini aytur neki bor imkonida.

Ey munaqqid, sen gʻazalni koʻhna deb kamsitmagil,
Sevgi ham Odam Atodin qolgan inson qonida.

Toshga ham shirin gʻazal baxsh aylagay otash va jon.
Shavq oʻti yonsa agar shoir — gʻazalxon qonida.

Rost, gʻazal avjida barcha Oy ila Zuhro emas,
Koʻp erur somonchilar ham sheʼriyat osmonida.

Doʻstlarim, shoir demang, Erkin gʻazal shaydosidir,
Yosh dengu maʼzur tuting, sahv oʻlsa gar devonida.


Tun Bilan YigʻLabdi Bulbul…


Tun bilan yigʻlabdi bulbul gʻuncha hajri dogʻida.
Koʻz yoshi shabnam boʻlib qolmish uning yaprogʻida.

Koʻz yumar boʻlsam koʻzim — oldida paydo gul yuzing,
Gʻuncha koʻz ochmogʻi bor bulbul koʻzin yummogʻida.

Asta barg ostida tinglab yotgan ermish shum sabo,
Gʻuncha bulbuldan muhabbat darsin olgan chogʻida.

Sevgi sahrosida qolmish necha Majnundan gʻubor,
Necha Farhod gardi yotgay Bistunning togʻida.

Gʻunchadek chehrangga Erkin jon fido etgay, sanam,
Qatra jonidan gul unsin to muhabbat bogʻida.


Barcha Shodlik Senga BoʻLsin


Barcha shodlik senga boʻlsin,
Bor sitam, zorlik menga,
Barcha dildorlik sengayu,
Barcha hushtorlik menga.

Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay,
Barcha sogʻlik senga boʻlsin,
Barcha bemorlik menga.

Senga boʻlsin barcha husnu
Menga boʻlsin barcha ishq,
Kori xunxorlik sengayu,
Mehri poydorlik menga.

Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber,
Senga boʻlsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.

Ol oʻzing koshonalarni,
Menga qoʻy mayxonani,
Barcha hushyorlik sengayu,
Barcha xummorlik menga.

Senga boʻlsin nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun,
Barcha gulshan senga boʻlsin,
Bor tikanzorlik menga.

Sen shahanshohlikni olgin,
Menga qullik boʻlsa bas,
Bor jafokorlik sengayu,
Bor vafodorlik menga.

Mayli, ostonangda yotsam,
Mayli, quvsang tosh otib,
Bor dilozorlik sengayu,
Bor dilafgorlik menga.

Senga sheʼrni bitsin Erkin
Yirtib otmoq oʻz ishing,
Kasbi inkorlik sengayu,
Aybda iqrorlik menga.


Dildorga Noma Yozdim


Gul boʻylarini bogʻdan keltirgan ey shabboda,
Dildorga noma yozdim, yetkur uni havoda.

Yetkur uni va lekin, koʻngliga qaygʻu solma,
Sharhi dilim etarda boʻlsin tiling navoda.

Hasrat toʻla soʻzingdan ozor topar nigorim,
Ramzi ishora birlan qilgin uni ifoda.

Gulbargi lolani elt, qoʻygin qadah yoniga,
Yuz hajrida yurak qon misli qadahda boda.

Bargi xazonni olib yoniga qoʻyginu ayt:
Bu oshigʻing yuzi deb hijron degan baloda.

Gul shoxidan tikan uz, gulbargi lolaga sanch.
Koʻksimga tigʻ uraymi, hech qolmadi iroda.

Sahro gʻuboridan elt, hozirligimni bilsin
Men dashti Karbaloni kezmoqqa ham piyoda.

Bir tola kiprigimni eltib oyogʻiga qoʻy,
Bedor koʻzim yoʻlida har shom ila saboda.

Dildorga noma yozdim, yetkur oʻzing, men ojiz,
Gul boʻylarini bogʻdan keltirgan ey shabboda.


Yoʻq Emish Orzuda Ayb…


Saydi ishq soʻlgan koʻngilga
Qoʻymangiz behuda ayb.
Boʻlsa bandi domi sayyod,
Yoʻq erur ohuda ayb.

Bandga tushgan bu koʻngildur,
Menda, ayting, ne gunoh,
Dil qushiga dom qoʻygan
Ul ikki joduda ayb.

Jodu koʻzlar bandi yolgʻiz -
Sen emas, tutqun yurak,
Avval-oxir koʻhna meros
Ishq degan tuygʻuda ayb.

Ey koʻngil, oʻz mayling ila
Boʻlding ishq domiga band,
Izlama endi bahona,
Demagin u-buda ayb.

Sevgi dardidan mening ham
Boʻldi rangim qahrabo,
Yoʻq iloj, ne naf oʻkinmak
Boʻlmasa koʻzguda ayb?

Sen-ku Zuhrosan falakda
Intizoringman faqat,
Ne ajab tolpinsa koʻnglim,
Yoʻq emish orzuda ayb.


Netay


Men sevarman jondan ortiq,
Sevganim suymas, netay?
Ham sevib men sevmagan
Oʻz holima qoʻymas, netay?

Bul menga jonin fido aylar
Va lek men beiloj,
Men yonarman ishq oʻtida,
Sevganim kuymas, netay?

Bul mening yonimda hargiz,
Erta-kech parvonadir,
Shafqat aylab men sari ul
Bir qadam qoʻymas, netay?

Bu yurak ohiga yetmay
Yonsa koʻnglim bir tomon,
Bir tomon dil hasratimni
Dilbarim tuymas, netay?

Boshim aylandi manim,
Doʻstlar bu ishq savdosida,
Sevdi bul, men sevmadim,
Men sevdim, ul suymas, netay?

Nashr etilgan asarlari

Saylanma (4 tomlik). T. «Sharq» nashriyot birlashmasi, 2000—2002. Vaxidov E. Lirika. Tashkent Izd. Lit. i iskusstva. 1970. Vaxidov E. Uzelok na pamyat. Moskva. «Sov. pisatel». 1980.


Ilmiy adabiyotlar

Inogʻomov R. Shoir boʻlish osonmas… — T. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1996. Gʻafurov I. Bedor vijdon. «Oʻttiz yil izhori» kitobida. -T. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1987. Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: «Oʻqituvchi», 1999.


Tarjimai xol

Men bir ming tukkiz yuzu uttiz oltinchi yilning… Iuk, men tarjimai xolimni tugilgan kunimdan emas, ilgarirokdan boshlashim kerak ekan. Mening dunyoga keliishm tarixi bunday bulgan: ming tukkiz yuz uttizinchi yilda toshkentlik yosh ishchi Karimjon yigirmabeshmingchilar katorada kollektivlashtirshi iishda katnashshi uchun Fargonaning Oltiarik rayoniga safarbar kilinadi. U oilasi — xotini, chakalok kizi, un besh yoshlik singlisi bilan Oltiarikka kuchib boradi. Usha payt Toshkent pedtexnikumining sirtki tolibasi bulgan singlisi Roziyaxon tez orada geografiya ukituvchisi diplomini oladi va kishlok maktabida dars bera boshlaydi. Takdir kizni bu erda yosh muallim Chuyanboy Voxidovga duch kiladi va bu nikoxdan… Mana endi tarjimai xolimni boshlasam buladi. Men bir ming tukkiz yuz uttiz oltinchi yilning yigirma sakkizinchi dekabrida Fargona oblastining Oltiarik rayonida kishlok ukituvchilari oilasida tugilganman. Bu oilada birinchi farzand kiz bulib, u gudakligida zotiljamdan ulgan ekan. Ukam Elbursni eslayman. Mendan uch yosh kichik edi. Kizamik bilan ogrib ikki yasharligida ulgan.

Otamni Oltiarikning ukimishli, obruli odamlaridan bulgan deb eslashadi. Undan dars eshitgan, shogird bulgan, birga ishlashgan odamlar men xar gal kishlokka borganimda — xozir endi u er shaxar tipidagi rayon — otamning ishlarini, gaplarini xotirlab aytib berishadi, kuvnok, dilkash, suzga chechan odam bulgach deyishadi. U tarix muallimi, sung partiya, sovet tashkilotlarida ishlagan. Vatan urushining dastlabki yillarida frontga ketiv, bosh miyasida oskolka jaroxati va upka shamollash kasali bilan kaytib keldi, ming tukkiz yuz kirk beshinchi yilda uttiz uch yoshida Toshkentda Olmazordagi kasalxonada vafot etdi. Bir yildan sung onam xam dunedan utdi. Ikki kiska umrning yolgiz yodgori bulib men toga kulida koldim.

Urushdan avvalgi davrdan kuz oldimda kolganlari: otam Margilonga ishga tayinlangan edi. Kech kuz yomgir bilan kor aralash yogib turganda Oltiarikdan Margilonga kuchganmiz. Zanjirgildirakli traktorga pritsep ulangan, unga yuklarimiz, shkaf, sandik, kurpa-tushaklar ortilgan edi. Iulda pritsepning gildiragi arikka tushib ketgan va yuklarimiz agdarilgan edi. Men onam, emizikli ukam bilan kabinada xaydovchi yonida utirgan edik…

Tol novdasidan yasab olgan «toychogim»ni minib bilkillagan issik tuprok kuchada chang kutarib chopib yurganlarimni eslayman.

Otam frontda ekanida onam kishlok sovetida sekretar vazifasida ishlar, kiyinchilik bilan kun kechirar edik. Juxori poyasini shimib tilimni konatganim, bolalarga kushilib kunjara eganim uchun onam yuzimga shapalok urgani va uzi kechgacha yiglaganini unutmayman. Uylab karasam, bolalik xotiralarimning kupchiligi sheʼrlarga, dostonlarga kuchgan ekan. «Nido», «Kuyosh maskani» poemalari, «Bolalik», «Oksokol», «Bolalik ekanda…» sheʼrlari usha murgak tasavvur, ilk xotiralarning mevasi bulgan.

Toshkentda kechgan bolalik va usmirlik yillarimdan kolgan eng yorkin esdaliklar Ostrovskiy nomli pionerlar saroyidagi shoir Gayratiy tugaragi va togamning xonadonida bulib turadigan adabiy suxbatlar bilan boglik. Togam kasbi yurist bulsa xam adabiyot va sanʼatga kizikkan, sheʼriyatni nozik tushunadigan kishi edi. Uyimizga shoir Chustiy, xonandalar aka-uka Shojalilovlar, Maʼrufxuja Baxodirov, keng bilim egasi bulgan olim, tarjimon Alixon Soguniy tez-tez kslib turishar edi. Mening sheʼriyatga kizikishimni sezgan togam bu suxbatlardan meni xam baxramand kilardi. Oddiy pochta xizmatchisi Mulla Shukurjon aka, savdo xodimi Akmalxon akalarning zukko baxslariga maxliyo bulib utirar edim. Ular Xofiz, Navoiy, Bedil, Fuzuliy baytlarini taxlil kilib, xar birlari uzlaricha talkin berib utirishardi. Bu suxbatlar ichkiliksiz, fakat sheʼr va kushik kayfi bilan, askiya zavki bilan muzayyan bulardi. Afsuski, bunday davralar endi kamayib, yukolib bormokda.

Pionerlar saroyidagi adabiyot tugaragiga katnashib yurgan vaktimda «Mushtum» jurnalida birinchi sheʼrim bosildi. Sheʼr tagiga 22-maktab 7 «a» sinf ukuvchisi deb ism-familiyam yozilgan edi. Tugarak xakidagi taassurotim ustoz Gayratiy tugrisida yozgan xotiralarimda bayon kilingan. Ellik beshinchi va oltmishinchi yillarni uz ichiga olgan «oltin davrim» talabalii umrimning unutilmas va uzligimdan yiroklashmas bir kismidir. Bu yillarda birinchi sheʼrlar kitobim «Tong nafasi» yozildi, Sergey Esenin sheʼrlaridan tarjimalar kildim. Yozuvchilar Soyuzining yosh ijodkorlar seminaridagi kizgin baxslar, ulug ustozlar Oybek, Gafur Gulom, Abdulla Kaxxor, Mirtemir, Shayxzodalar bilan ilk mulokot va uchrashuvlar, universitet dargoxidagi adabiy muxit xayotimda uchmas iz koldirdi.

1960 yilda universitetni tugatib «Yosh gvardiya» nashriyotiga ishga kirdim. 1963 yilda badiiy adabiyot nashriyotiga utib, to 1970 yilgacha muxarrir, bulim mudiri vazifalarida ishladim. Bu un yil ichida mening ettita sheʼriy kitobim, Esenin, Ukrainka, Svetlovdan kilgan tarjimalarim bosilib chikdi. Xamza nomli akademik teatrda «Oltin devor» (1969) komediyam kuyildi. Respublika Lenin komsomoli mukofotiga sazovor buldim (1967).

1970 va 1975 yillar orasida buyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyotening «Faust» tragediyasini uzbekchalashtirdim. Bu davr ichida xech bir idorada ishlamadim. Bor vaktim, kuchim, imkoniyatimni shu ishga sarfladim. Umuman, jaxon adabiyotidan, rus klassiklari, Sovet adabiyoti namunalaridan kilgan tarjimalarimni torozuning bir pallasiga kuyib, uz asarlarimni boshka pallaga kuysam, tarjimalar ogirlik kilsa ajab emas. Bu mexnat menga adabiy kardoshlik burchini ado etish barobarida bebaxo ijodiy tajriba, katta sabok maktabi xam buldi.

1975 yilda «Yosh gvardiya» nashriyotiga bosh muxarrir urinbosari vazifasiga tapinlangan bulsam, utgan un ikki yil davomida avval usha nashriyotda bosh muxarrir, sung yangi tashkil kilingan «Yoshlik» jurnalida redaktor bulib ishladim, nixoyat Gafur Gulom nomli adabiet va sanʼat nashriyotida direktorlik vazifasini xam ado etdim. Bu davr ichida undan ziyod kitobim bosilib chikdi, respublika Ezuvchilar soyuzining Xamid Olimjon nomli mukofotini, Xamza nomli Uzbekiston davlat mukofotini oldim, «Xalk shoiri» unvoniga musharraf buldim.

Bunday karaganda bitta shoir kilishi mumkin bulgan ishni kilib kuygandekman. Lekin xech kachon uz kilgan ishimdan kunglim tulgan emas. Xamisha yozganimdan yozadiganim muximrok va azizrok tuyuladi. Men ijodiy mexnatni faol jamoat ishlari bilan kushib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo elkamda xis kilaman. Odamlarga fakat sheʼring emas, uzing xam kerakligingni sezish — bu katta baxt. Shuning uchun xam jamoat mexnatidan xech kachon uzimni olib kochgan emasman. Kaynok xayot ichida yashab, ishlab urganganman, gushanishinlik tabiatimga begona.

Tarjimai xolim boricha yozgan sheʼrlarimga, yurgan yullarimga, xastimda uchratgan odamlarga sochilgan. Mana bu ikki satr uylab topilgan emas, balki kungildan chikkan suzlar:

Odamlar, siz mening xayotim,
Xar biringiz umrim parchasi.

1987

Shoirning veb-sayti manzili:

http://evohidov.madaniyat.uz

Andoza:Pass

Bu sahifa oʻzbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichidan oʻtgan.

Done

Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun boʻlmasangiz, ushbu sahifada fikrlaringizni yozib qoldiring.