Oʻzbek tilining Xorazm shevasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tahrir izohi yoʻq
k Khorazmiy Xorazm shevasi sahifasini Oʻzbek tilining Xorazm shevasiga koʻchirdi: sheva alohida bo'lmaydi
(Farq yoʻq)

7-Aprel 2021, 23:22 dagi koʻrinishi

Oʻzbek tilining Xorazm shevasi
Mamlakatlar Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Eron1
1 Agar "xuroson-turkiy" deb ataladigan til qoʻshilsa
Rasmiylik holati

Xorazm
Xorazm XSR

Xorazm SSR
Mintaqalar Oʻzbekistonda: Xorazm viloyati va qoʻshni mintaqalar.
Turkmanistonda: Dashoguz va Lebap viloyati.
Qozogʻistonda: Janubiy Qozogʻiston viloyati.
Eronda1: Shimoliy Xuroson, Xuroson-Rezaviy.
1 Agar "xuroson-turkiy" deb ataladigan til qoʻshilsa
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Til kodlari
Xorazm shevasini xorazmiy tili va xorazm-turkiy tilidan farqlash lozim

Xorazm shevasi turk tillar sharqiy oʻgʻuz ostguruhining oʻgʻuz (janubi-gʻarbiy) guruhiga kiradi. Oʻzbek tili shevasi hisoblanadi.

Tarixi

Dastlab Xorazm aholisi sharqiy eron deb atalmish tilda gaplashgan. Xorazm-turkiy tili eramizning birinchi asrlari boshlarida, Turk xoqonligi (567603) davrida xorazmiylarning tilini turklashtirish oqibatida shakllanishni boshladi va asosan ushbu jarayon XI asrda saljuq bosqinidan keyin jadallashdi. Jarayon 1220 yili Chingizxon jangchilari bosqini oqibatida Xorazmshohlar davlati soʻnganidan keyin yakunlandi.

Plano-Karpini guvohlik berishicha, XIII asrdanoq xorazmiylar orasida turk nutqi ustun boʻlishni boshladi. XIV asrning 1-yarmi xorazmiylar tilining toʻliq turkiylashishi yakuniy davri boʻldi[1]. Oʻrta osiyo turkiy tili rasmiy til boʻldi va Xiva xonligida rasmiy til sifatida 1920 yilgacha foydalanildi.

Xorazm shevasiga Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismlaridagi, shimoli-sharqiy Eronning Xuroson viloyatidagi baʻzi shevalar va Qozogʻistonning 2 ta shevasi yaqin keladi.

A. N. Samoylovich turkumlashi boʻyicha bu shevalar xiva-oʻzbek va xiva-sart lahjalari deya taʻriflanadi va qipchoq-turkman deb nomlangan alohida guruhga kiritiladi.

XII asrda Xorazmda yashagan Mahmud Zamahshariyning «Muqaddimat ul adab» asarida XIVXIX asrlarda xorazm-turkiy tili rivoj topgan 6000dan koʻp soʻz sanaladi.

XV asrdan boshlab Xorazmda sovet tilshunoslari tomonidan eski oʻzbek tili deb nomlangan chigʻatoy turkiy tili adabiy til boʻladi.

Fonetika

Adabiy Oʻzbek tilidan fonetik farqlari:

a) soʻz boshida „k“, „t“ tovushlari oʻrniga mos ravishda „g“, „d“ ishlatiladi: til — dil, tish — dish, kel — gal, kerak — garak;

b) „q“, „k“ harflari soʻz oxirida tushirib qoldiriladi: issiq — issi, tirik — diri, xivalik — xivali;

c) koʻpchilik soʻzlarda „e“dan „a“ga oʻtish hollari uchraydi: men — man, sen — san, kel — gal, kes — kas, kerak — garak;

d) soʻzlarning oʻrin-payt kelishigi shakllarida III shaxs shaklida kelishik qoʻshimchasidan oldin „-n-“ tovushi qoʻshiladi: ichinda (ichida), dishinda (tishida);

e) „ng“ harfi ikki xilda aytiladi, ham „ng“, ham „ŋ“ shakllarida: kitopiŋ (kitobing), giyiming (kiyiming).

Morfologiya

Morfologik xususiyatlari:

a) qaratqich kelishigi qoʻshimchasi „-ni“ shakliga ega; ot qoʻshimchasi adabiychadan farq qilmaydi (birlik. „-m“, „-im“, „-ng“, „-ing“, „-i“, „-si“).b) joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi „-a“, „-ya“ shakliga ega;

c) davomiylik harakatidagi hozirgi davr feʼlining tugallanmasi „-yotir“ shakliga ega: galyotir, boryotir (kelyapti, boryapti);

d) kelgusi davr feʼlining tugallanmasi „-jak“, „-jaq“ shakllariga ega: galajak (kelmoqchi), borajak, borajaq (bormoqchi);

e) maqsad feʼlining shakli „-ali“ qoʻshimchaga ega: galali (kelaylik), borali (boraylik).

Xorazm shevasi lugʻat boyligida bir qancha oʻziga xos soʻzlar mavjud: zangi (narvon), soʻqi (oʻgir), yimirta (tuxum), qumri (musicha), burch (garmdori), qarinja (chumoli), taka (bolish), sipsa (supurgi).

Shuningdek qarang

Adabiyotlar

  • S.P. Tolstov. По следам древнехорезмийской цивилизации. М: Издательство АН СССР, 1948
  • G. Nepesov. Из истории Хорезмской революции. 1920-1924 гг., Таш., 1962
  • X.S. Samatova, A.I. Eshonov. Образование Хорезмской и Бухарской Народных Советских Республик, kit.: История советского государства и права, T. 1. М., 1968
  • A.N.Samoylovich. Тюркское языкознание. Филология. Руника. M., 2005.

Manbalar