Abdulaziz Komilov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 12: Qator 12:
|bolalari = Doniyor Komilov
|bolalari = Doniyor Komilov
}}
}}
'''Abdulaziz Hofizovich Komilov''' (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — [[oʻzbekiston]]lik siyosatchi. 2012-yildan beri [[Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri]].<ref>{{cite web|title=Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi|url=http://www.mfa.uz/uz/about/structure/|website=Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi|accessdate=01.11.2016}}</ref>σ 1994-2003-yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan.
'''Abdulaziz Hofizovich Komilov''' (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — [[oʻzbekiston]]lik siyosatchi. 2012-yildan beri [[Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri]].<ref>{{cite web|title=Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi|url=http://www.mfa.uz/uz/about/structure/|website=Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi|accessdate=01.11.2016}}</ref> 1994-2003-yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan.


== Hayoti ==
== Hayoti ==

1-Noyabr 2016, 16:07 dagi koʻrinishi

Abdulaziz Komilov
Abdulaziz Hofizovich Komilov
Tavalludi 16-noyabr 1947-yil (1947-11-16) (76 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Gulnora Komilova (Rashidova)
Bolalari Doniyor Komilov

Abdulaziz Hofizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 2012-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.[1] 1994-2003-yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan.

Hayoti

Abdulaziz Komilov 1947-yil Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. 1972-yil SSRI Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini bitirgan. 1978-80-yillarda SSRI Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik boʻlimida oʻqigan. Komilov tarix fanlari nomzodidir.

Siyosiy karyerasi

Komilov 1973-1976-yillar Sovet Ittifoqining Livandagi elchixonasida attashe oʻlaroq ishlagan. 1980-1984-yillarda Sovet Ittifoqining Suriyadagi elchixonasida ikkinchi kotib sifatida ishlagan. 1984-1988-yillarda esa Oʻzbek SSR Tashqi ishlar vazirligining Yaqish Sharq ishlari boʻlimida ishlagan.

1988-1991 yillarda SSRI Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodi hamda tashqi ishlar boʻlimida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi oʻlaroq faoliyat yurtigan. 1992-1994-yillarda Oʻzbekiston milliy xavfsizlik vaziri oʻrinbosari oʻlaroq ishlagan.

1994-yil Komilov Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 1998-2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil bergan. 2003-yil Komilov oʻrniga Sofiq Safoyev tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. Buning ortidan Komilov Oʻzbekiston prezidentiga tashqi ishlar boʻyicha maslahatchi oʻlaroq ishlay boshlagan.

2003-yil Komilov Oʻzbekistonning AQSh hamda Kanadadagi elchisi etib tayinlangan. 2008-yil Komilov mamlakatnign Braziliyadagi elchisi sifatida ham ishlay boshlagan. 2010-yil tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlay boshlagan. 2012-yilga kelib tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.

Mukofotlari

Komilov „Mehnat shuhrati“, „Doʻstlik“, „Oʻzbekiston belgisi“ va „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Manbalar

  1. „Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi“. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr.